• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

BIZNES VA TADBIRKORLIK SOHASIDA TRENERLAR TAYYORLASH

“BIZNES VA TADBIRKORLIK SOHASIDA TRENERLAR TAYYORLASH”

mavzusidagi o‘quv kursining

O’QUV DASTURI

O’quv kursi aholining tadbirkorlikka qiziqishi bo‘lgan qatlami, hududlarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan oilalar, muhtoj oilalar, hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyati, shuningdek, hududlarda foydalanilmayotgan binolarda ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni, aholi tomorqalari va bo‘sh ekin maydonlaridan unumli foydalanmoqchi bo‘lgan aholi qatlamlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish istagida bo‘lgan tadbirkorlar uchun.

O’quv kursining maqsadi tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish orqali tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘mak berish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi uchun katta imtiyozlar yaratish, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirishda navbatdagi qadam bo‘ladigan trenerlar va mutaxassislar yo‘nalishiga mos bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.

O’quv kurs dasturi quyidagi mavzularni o’z ichiga oladi:

  • Kirish;
  • Tadbirkorlikni nimadan va qanday boshlash mumkin;
  • Tadbirkorlikni tashkil etishning huquqiy asoslari;
  • Tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatga olish tartibi;
  • Biznes-reja tuzish;
  • Tadbirkorlarga bankda hisob raqami ochish va kredit ajratish tartibi;
  • Tadbirkorlikda marketing strategiyasi;
  • Biznes va tadbirkorlik sohasida kerakli mutaxassislarni tanlash;
  • Tadbirkorlik sub’ektlari moliyasi;
  • Moliyaviy resurslarini taqsimlash;
  • Tadbirkorlar uchun hisob va xisobot tizimi;
  • Tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish mexanizmi;
  • Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor;
  • Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati (mehmonxona, dam olish maskanlari, aholiga maishiy xizmat kursatish);
  • Tadbirkorlik sub’ektlarining mahsulotlari eksporti amaliy jihatlari bojxona, sug‘urta. Birja kotirovkalari (kimoshdi savdolari) o‘rtacha narxlarni belgilash to‘g‘risidagi qoidalar);
  • Test savollari bo‘yicha konsultatsiya;
  • Kurs yakuni bo‘yicha xulosalar (Yakuniy qism);
  • Test;
  • Sertifikat taqdimoti.

O’quv shakli kunduzgi, kunduzgi ish vaqtidan ajralgan holda

O’quv yuklamasi: 40 auditoriya o’quv soati

Muddati: 5 kun, har kuni 09:00 dan 16:00 gacha

Oraliq nazorat: suhbat

Yakuniy nazorat: test

Kurs yakunida davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

O’qish shartlari:

O’quv tili: rus tili, o’zbek tili

Tinglovchilar soni:  20-25 ta

 

Hujjatlarni onlayn topshirish

Ilova qiling