• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Doktorantura

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim to’g’risida”gi Nizom talablariga muvofiq, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 2023 yil uchun 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixstisosligi bo’yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka tanlov e’lon qiladi.

Tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikda oʼqish grant va toʼlov-kontrakt asosida tashkil etiladi.

 

Hujjatlar 2023 yil 15 sentabrdan – 15 oktabrgacha qabul qilinadi.

 

Mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar bir yilda toʼrt marta qabul qilinadi.

Har bir nomzod Innovatsion rivojlanish vazirligi onlayn qabul tizimidan ham yuqorida keltirilgan muddatda roʼyxatdan oʼtishlari talab etiladi http://phd.mininnovation.uz/

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko’chasi 25-uy.

Bog‘lanish uchun telefon: (71) 239-03-02; 239-03-17.

Elektron manzil: info@rgsbm.uz  

  • ariza;
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka);
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo’yicha) to’g’risidagi diplom nusxasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar ro’yxati va ularning nusxalari;
  • pasport nusxasi, to’rt dona rasm (3x4 o’lchamda).

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

Eslatma: Tayanch doktoranturaga (PhD) quyidagilarga ega bo’lganlar qabul qilinadi:

  • magistr darajasiga yoki oliy ma’lumot to’g’risidagi diplomga (mutaxassislik dasturlari bo’yicha) ega bo’lganlar;
  • falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo’lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo’nalishlar bo’yicha ikkitadan kam bo’lmagan ilmiy ishlar to’plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo’lganlar.

Tayanch doktoranturada o’qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o’rganilgan xorijiy til) bo’yicha kirish imtihonlari topshiradilar.

Talabgorlarda IELTS (o’rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (PBT) (567 balldan kam bo’lmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam bo’lmagan), CEFR (B2 darajadan past bo’lmagan) bo’yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo’lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladilar.

Bir necha talabgorlarning tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari natijalari bo’yicha ular tomonidan to’plangan yakuniy ballari teng bo’lgan taqdirda quyidagi talabgorlarga ustunlik beriladi:

- magistraturani a’lo baholar bilan tamomlaganlar;

-mualliflik guvohnomalari va patentga ega bo’lganlar;

-jurnallarda, shu jumladan, xorijiy jurnallarda (boshqa talabgorlarga nisbatan) ko’p ilmiy maqolalar chop etganlar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari sohiblari tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.

Tayanch doktoranturaga kiruvchi talabgorlarning imtihon natijalaridan va ajratilgan qabul kvotasidan kelib chiqib, qabul komissiyasi tomonidan joriy yilning 30 noyabrigacha bo’lgan muddatda qabul qilinganlardan tanlanadi.

    • ariza;
    • qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka);
    • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
    • oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo’lganligi to’g’risidagi diplom nusxasi;
    • nashr etilgan ilmiy ishlar ro’yxati va ularning nusxalari;
    • tadqiqot mavzusi bo’yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
    • boshqa oliy o’quv yurtidan kelgan talabgorlar uchun director nomiga xat;
    • pasport nusxasi, to’rt dona rasm (3x4 o’lchamda).

     

    Eslatma: Doktoranturaga (DSc) quyidagilarga ega bo’lganlar qabul qilinadi:

    • fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo’lganligi to’g’risidagi diplom nusxasi;
    • fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so’ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo’lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo’nalishlar bo’yicha ilmiy ishlar to’plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo’lish.

    Bir necha talabgorlarning doktoranturaga suhbat natijalari bo’yicha ular tomonidan to’plangan yakuniy ballari teng bo’lgan taqdirda quyidagi talabgorlarga ustunlik beriladi:

    • 5 yildan ortiq ilmiy-pedagogik stajga ega bo’lganlar;
    • mualliflik guvohnomalari va patentga ega bo’lganlar;
    • monografiya (ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun), talabgorning dissertatsiya mavzusi bo’yicha OAK ro’yxatiga muvofiq ilmiy jurnallarda, shu jumladan, xorijiy jurnallarda chop etilgan soni bo’yicha (boshqa talabgorlarga nisbatan) ko’p miqdorda ilmiy maqolaga ega bo’lganlar;
    • dissertatsiya tadqiqoti hajmining 50 foizdan ko’p qismini bajarganlar.

    Doktoranturada o’qish uchun kirayotgan talabgorlar ixtisoslik bo’yicha suhbat asosida qabul qilinadilar.

    Doktoranturaga kiruvchi talabgorlarning suhbat natijalaridan kelib chiqib, qabul komissiyasi tomonidan joriy yilning 30 noyabrigacha bo’lgan muddatda qabul qilinganlardan tanlanadi.

  • ariza;
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka);
  • falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish, mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo’yicha) to’g’risidagi diplom nusxasi;
  • fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish, mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diploma yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diploma nusxasi;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • ilmiy ishlar ro’yxati va ularning nusxasi;
  • ish joyidan tavsifnoma;
  • pasport nusxasi, to’rt dona rasm (3x4 o’lchamda).

Eslatma:  falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchanlikka quyidagilarga ega bo’lganlar qabul qilinadi:

  • magistr diplomiga (ixtisoslik bo’yicha) ega bo’lganlar;
  • belgilangan ilmiy maqolalariga ega bo’lganlar;
  • kamida ikki yillik ilmiy-pedagogik ish staji yoki muayyan ilmiy yutuqlar (ixtiro uchun patentlar yoki mualliflik guvohnomalari) ga ega bo’lganlar.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki ularga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan diplomga ega bo’lgan, belgilangan tartibda talabalarga muvofiq ilmiy daraja olganidan so’ng salmoqli ilmiy yutuqlarga erishgan shaxslar rasmiylashtiriladi.

Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish 30 noyabrgacha bo’lgan muddatda ixtisoslik bo’yicha suhbat natijalaridan va ajratilgan qabul kvotalaridan kelib chiqqan holda qabul komissiyasining tegishli xulosasiga asosan amalga oshiriladi.