“MBA in IT-Business” qo‘shma ta’lim dasturi - Mazkur qo‘shma ta’lim dasturi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Janubiy Koreyaning AJOU universiteti bilan hamkorlikdagi tashkil etilgan. Dastur mahalliy va xalqaro mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy biznes boshqaruvi va axborot texnologiyalari sohalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.
Kimlar uchun?
Dastur IT sohasi mutaxassislar, tadbirkorlar va yuqori darajadagi boshqaruvchilar, axborot texnologiyalari, iqtisod va sanoat sjhasida boshqaruv organlari, kasbiy o'sishga qiziqqan, yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish, strategik fikrlash, shuningdek sifat jihatdan kelajakda yangi rivojlanish bosqichini izlayotgan universitet bitiruvchilari uchun mo‘ljallangan.
Dasturning maqsadi:
- Dasturning o'ziga hos hususiyati shundaki, u amaliy faoliyatga asoslangan va tinglovchilarga biznes boshqaruvini rivojlantirishda axborot texnologiyalarni qo‘llash usullarini kashf qilish;
- biznes va IT sohasida fanlarni birlashtirgan holda to‘g‘ri qaror qabul qilishni;
- IT-Businessning zamonaviy modellarini o'rganish;
- ta’lim jarayonida tinglovchilar nafaqat nazariy bilimlarga, balki amaliy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishi;
- IT-Business boshqaruvida muvaffaqiyatli karyera uchun tinglovchilarni tayyorlash.
Dasturning afzalliklari:
- O‘zbekistonda va Janubiy Koreyada tahsil olish imkoniyati;
- yetakchi xorijiy va mahalliy professor-o‘qituvchilar tomonidan olib boriladigan darslar;
- amaliyot va loyiha ishlarida qatnashish orqali real biznes muhitida tajriba orttirish;
- Ajou universitetining “IT-Business” va Oliy maktabning “MBA Biznesni boshqarish” magistr diplomlari.
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga qabul bo‘yicha ma'lumot
Mutaxassislik kodi | Mutaxassislik nomi | Kvalifikatsiya | O‘qish muddati | Ta'lim shakli | Qabul vaqti |
Kontrakt summasi |
70410901 |
1. Biznesni boshqarish 2. Axborot texnologiyalari |
Iqtisodchi, pedagog - tadqiqotchi (Korea standarti) |
2 yil |
Kunduzgi |
Qabul komissiyasi: O‘qish boshlanish vaqti: Sentyabr |
4 000 $ 8 000 $ |
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: - Oliy taʼlim muassasasi bakalavr bosqichini tamomlagan; - 45 yoshgacha. Ingliz tilidan: - IELTS bo‘yicha 5,0 ball; - TOEFL bo‘yicha 72 balldan kam bo‘lmagan darajada. |
|
Qabul sinovlari tartibi: - Suhbat (Maxsus dastur va umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha); - DTM tomonidan test sinovlari (mutaxassislik va ingliz tilidan). |
|
Talab etiladigan hujjatlar: Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar komissiyaga veb-sayt orqali Oliy maktab direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi: - (Agar yuridik shaxқ bo‘lsa) davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subʼektlari birinchi rahbarlarining imzosi qo‘yilgan tavsiya xati; - oliy maʼlumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi; - 4x6 o‘lchamdagi rangli fotosurat; - pasport (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi); - ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat/sertifikat (agar mavjud bo‘lsa). |
|
O‘qishga hujjat topshirish: Elektron shaklda Oliy maktabning veb-sayti orqali amalga oshiriladi. |