Biznesni boshqarish (Master of Business Administration – MBA) dasturi barcha soha va yo'nalishlar uchun oliy va yuqori malakali rahbar kadrlar tayyorlash bo'yicha jahonda universal ta'lim dasturi deb tan olingan. Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining MBA dasturi bu - dunyodagi e'tirof etilgan standartlar va mahalliy ishbilarmonlik muhitining o'ziga xos hususiyatlarini hisobga olgan holda, ushbu sohadagi yetakchi mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion amaliy dasturdir.
Kimlar uchun?
Dastur mutaxassislar, tadbirkorlar va yuqori darajadagi boshqaruvchilar, iqtisodiy boshqaruv organlari, kasbiy o'sishga qiziqqan, yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish, strategik fikrlash, shuningdek sifat jihatdan kelajakda yangi rivojlanish bosqichini izlayotgan universitet bitiruvchilari uchun mo'ljallangan.
Dasturning maqsadi:
- Zamonaviy biznes modellarini o'rganish;
- O'quv jarayonida materiallarni amaliy jihatdan mustahkamlash uchun tinglovchilarni zarur vositalar bilan ta'minlash;
- Biznes boshqaruvida muvaffaqiyatli kar'yera uchun tinglovchilarni tayyorlash.
Dasturning afzalliklari:
- O'qish va ishning bir vaqtning o'zida olib borish imkoniyati bilan modulli ta'lim tizimi yo'lga qo'yilganligi;
- Sohadagi yetakchi amaliyotchi mutaxassislar, professor o'qituvchilar, fan nomzodlari va kuchli pedagog kadrlar tomonidan beriladigan ta'lim;
- Dunyoning rivojlangan mamlakatlar ta'lim muassasalaridan taklif qilingan professor o'qituvchilarni ta'lim jarayonlariga jalb etish;
- Respublika va horijiy mamlakatlar mutaxassislari ishtirokidagi muammoli - maqsadli muhokamalar, davra suhbatlari, konferentsiyalar, simpoziumlarning o'tkazilishi;
- Hamkorlik dasturi asosida chet elda o'qitish imkoniyati.
Dasturning o'ziga hos hususiyati shundaki, u amaliy faoliyatga asoslangan va tinglovchilarga biznes boshqaruvini rivojlantirishning yangi usullarini kashf qilishda innovatsion yechimlar va usullarni ishlab chiqishda yordam beradi.
Qabul to'lov kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga qabul bo‘yicha ma'lumot
Mutaxassislik kodi | Mutaxassislik nomi | Kvalifikatsiya | O‘qish muddati | Ta'lim shakli | Qabul vaqti |
Kontrakt summasi |
70410901 | Biznesni boshqarish (MBA - Global Management) |
Iqtisodchi, pedagog - tadqiqotchi |
1,5 yil 2 yil |
Kunduzgi Sirtqi |
Qabul komissiyasi: O‘qish boshlanish vaqti: Sentyabr |
O‘quv dasturining bir yili uchun taxminiy to‘lov narxi 25,0 mln. so‘m |
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: - Oliy maʼlumotga va oliy taʼlim muassasasini tamomlagandan keyin kamida uch yil ish staji; - 45 yoshgacha (yosh chegarasi faqat kunduzgi taʼlim shakli uchun). |
|
Qabul sinovlari tartibi: - Suhbat (umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha); - DTM tomonidan test sinovlari (mutaxassislik va ingliz tilidan). Ingliz tilidan imtiyoz berilishi: - CEFR bo‘yicha B2; - IELTS bo‘yicha 5,0 ball; - TOEFL bo‘yicha 72 balldan kam bo‘lmagan darajada. |
|
Talab etiladigan hujjatlar: Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar komissiyaga veb-sayt orqali Oliy maktab direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi: - davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subʼektlari birinchi rahbarlarining imzosi qo‘yilgan tavsiya xati; - oliy maʼlumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi; - 4x6 o‘lchamdagi rangli fotosurat; - pasport (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi); - ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat/sertifikat (agar mavjud bo‘lsa). |
|
O‘qishga hujjat topshirish: Elektron shaklda Oliy maktabning veb-sayti orqali amalga oshiriladi. |