• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

MBA - Agrobiznes

Fanning mazmuni

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmonida ko‘rsatilgan maqsadlarda 9-maqsad: “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarining ulushini 100 foizga yetkazish hamda byurokratiyani bartaraf etish nazarda tutilib, agrar sohani raqamlahstirish muhimligi nazarda tutilgan.

Fanni o‘qitishdan maqsad - O‘quv fanini o‘rganishdan maqsad magistrlarda jahon qishloq xo‘jaligi biznesini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligining ishlab chiqaruvchi kuchlarini taqsimlash qonuniyatlari, ularning mamlakati va hududiy lokalizatsiyasi va mahalliylashtirish bo‘yicha tizimlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Ixtisoslashuvi, shuningdek, xalqaro iqtisodiyotning agrar sektorida biznesning innovatsion shakllarining tajribasi va samaradorligini oshirish ko’nikmalarini ochib berishdan iborat. Agrobiznesning mohiyati, uning maqsadi va vazifalari hamda rivojlantirish istiqbollari, tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, agrobiznes faoliyatining huquqiy asoslari, mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan  resurslar va ulardan samarali foydalanish, agrobiznesda mehnat faoliyatini tashkil etish, agrobiznesda tavakkalchilik, boshqaruvda axborot va kommunikatsiyadan foydalanish yo‘llarini o‘z ichiga oladi.

O’rgatiladigan vazifalar – jahon agrobiznes, xalqaro oziq-ovqat tizimlari va jahon agrosanoat bozorlarining mohiyati, mazmuni, rivojlanish qonuniyatlari va tendentsiyalarini o‘rganish;

-rivojlangan davlatlar misolida kursning eng muhim masalalarini taqdim etish, agrooziq-ovqat sohasida jahon iqtisodiy aloqalarini qurish bo‘yicha kasbiy tafakkurni rivojlantirish;

-ishlab chiqarish munosabatlari va xalqaro agrobiznes sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish;

-iqtisodiy integratsiyaning asosiy yo'nalishlarini, agrobiznesda xalqaro iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik shakllarini belgilash;

-statistik ma'lumotlardan foydalanish, tegishli usullar va xalqaro va mahalliy agrobiznesda sodir bo'layotgan jarayonlarni tahlil qilish usullari.

-bozor iqtisodiyot talablari asosida ishlab chiqarishni tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini hosil qilish, agrobiznesda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning samarali faoliyat yuritishlari uchun yangi bilimlarni egallash va ularni amaliyotda qo‘llash;

- agrobiznesda tashkiliy va ishlab chiqarish tizimlarini ilmiy asoslash, boshqaruv qonunlari va tamoyillarini, funksiyalarini, agrobiznesni boshqarish usullarini, ishlab chiqarishni tashkil etishni yangi metodlarini joriy etish yo‘llarini yoritish;

- agrobiznesda boshqaruv va uning funksiyalari, usullari, qonunlari, tamoyillari yuzasidan amaliy ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat.

Olinadigan ko’nikmalar - Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida qishloq xo'jaligining o'rni. Qishloq xo`jaligi korxonalari va agrosanoat majmuasining tarkibi, asosiy tarmoqlarning texnik darajasi, mahsuldorlik, barqarorlik va samaradorlik.Yer resurslari va ulardan qishloq xo'jaligida foydalanish darajasi. Qishloq xo'jaligi yerlarining maydoni, tarkibi, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yerlarning mavjudligi. Yerga egalik qilish va yerdan foydalanishning asosiy shakllari. Qishloq xo'jaligining suv resurslari.Qishloq xo'jaligining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish, uning ishlab chiqarish-iqtisodiy xususiyatlari. Qishloq xo'jaligining rivojlanishiga ilmiy-texnikaviy inqilobning ta'siri. Iqtisodiy rivojlanish darajasi turlicha bo'lgan mamlakatlarda fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo'nalishlari va xususiyatlari.Qishloq xo'jaligining mehnat resurslari, zamonaviy qishloq ijtimoiy tuzilishidagi o'zgarishlar va qishloq xo'jaligida band bo'lgan ishchilarning ahvoli. Qishloq xo'jaligida bandlik va mehnat unumdorligi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga qabul bo‘yicha ma'lumot

Mutaxassislik kodi Mutaxassislik nomi Kvalifikatsiya O‘qish muddati Ta'lim shakli Qabul vaqti

Kontrakt summasi
(so‘m)

70410901  Biznesni boshqarish
(MBA - Agrobiznes)

Iqtisodchi, pedagog - tadqiqotchi

1,5 yil

2 yil

Kunduzgi

Sirtqi

Qabul komissiyasi:
Iyul-Avgust

O‘qish boshlanish vaqti: Sentyabr

O‘quv dasturining bir yili uchun taxminiy to‘lov narxi

25,0 mln. so‘m

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

- Oliy maʼlumotga va oliy taʼlim muassasasini tamomlagandan keyin kamida uch yil ish staji;

- 45 yoshgacha (yosh chegarasi faqat kunduzgi taʼlim shakli uchun).

 

Qabul sinovlari tartibi:

- Suhbat (umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha);

- DTM tomonidan test sinovlari (mutaxassislik va ingliz tilidan).

Ingliz tilidan imtiyoz berilishi:

- CEFR bo‘yicha B2;

- IELTS bo‘yicha 5,0 ball;

- TOEFL bo‘yicha 72 balldan kam bo‘lmagan darajada.

 

Talab etiladigan hujjatlar:

Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar komissiyaga veb-sayt orqali Oliy maktab direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:

- davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subʼektlari birinchi rahbarlarining imzosi qo‘yilgan tavsiya xati;

- oliy maʼlumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi;

- 4x6 o‘lchamdagi rangli fotosurat;

- pasport (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);

- ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat/sertifikat (agar mavjud bo‘lsa).

 

O‘qishga hujjat topshirish:

Elektron shaklda Oliy maktabning veb-sayti orqali amalga oshiriladi.