• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Qabul 2024 - 2025

O‘zbekiston Respublkasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes

va tadbirkorlik oliy maktabi magistraturasiga 2024-2025 o‘quv yili

uchun yozgi qabul boshlandi

 

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 2024-2025 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt asosida kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga: “Global menejment”, “Moliya”, “Kichik biznes va tadbirkorlik”, “Agrobiznes” sohalari bo‘yicha Biznesni boshqarish (MVA) va Loyiha boshqaruvi (RM) magistratura mutaxassisliklariga yozgi qabul e’lon qilmoqda. Magistaraturaga qabul qilingan tinglovchilar o‘qish davomida o‘qitilayotgan fanlarni tanlash asosida magistratura mutaxassisligini ham tanlash imkoniyatiga ega  bo‘ladi. Ayrim fanlar ingliz tilida olib boriladi. Barcha magistratura mutaxassisiliklari uchun o‘qish muddati 1,5 yil hamda bir yillik kontrakt to‘lovi miqdorini 22 000 000 so‘m qilib belgilangan.

Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar komissiyaga

veb-sayt https://rgsbm.uz. orqali Oliy maktab direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:

-        davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlari birinchi rahbarlarining imzosi qo‘yilgan tavsiya xati;

-        oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi;

-        pasport yoki ID karta (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);

-        ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat (agar mavjud bo‘lsa). Magistraturaga kirish imtihonlaridan (suhbat va test) muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarning aslini yoki ularning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarini Oliy maktabga taqdim etadi.

          Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: oliy ma’lumotga va oliy ta’lim muassasasini tamomlagandan keyin kamida uch yil ish stajiga ega 45 yoshgacha bo‘lgan (o‘qitishning faqat kunduzgi shakliga) nomzodlar suhbat va test sinovlari natijalari bo‘yicha ochiq tanlov asosida qabul qilinadi.

Magistraturaga kirish uchun hujjat topshirish muddati (davri) - 2024 yilning 14 iyulidan 2025 yilning 14 avgustigacha (shu kuni soat 22.00 ga qadar);

           Qabul komissiyasining ishlash jadvali: Dushanba – Juma kunlari, soat

9:00 dan 18:00 gacha.

O‘qishga hujjat topshirish faqat elektron shaklda Oliy maktabning veb-sayti orqali har kuni 24 soat mobaynida amalga oshiriladi.