O‘zbekiston Respublkasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi va Adju universiteti hamkorligida “IT Business” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha “ikki diplom” (dual degree) xalqaro dasturiga 2024 - 2025-o‘quv yili uchun qabul boshlandi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Janubiy Koreya Respublikasining Adju Universiteti bilan hamkorlikda 2024-2025-o‘quv yili uchun “ikki diplom” (dual degree) xalqaro dasturi asosida “IT Business” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida qabul e’lon qilmoqda.
Ta’lim kunduzgi shaklda bo‘lib, birinchi o‘quv yili (1 va 2-semestrlar) O‘zbekistonda, ikkinchi o‘quv yili (3 va 4-qisqa semestrlar) Koreyada davom etadi. Dastur yakunida tinglovchilar Adju universitetining “IT-Busines” va Oliy maktabining “Biznesni boshqarish” (MBA) magistri diplomlarini oladilar. Qo‘shma ta’lim dasturining (dual degree) bir yillik o‘qitish qiymati 4 000 AQSH dollari hajmida belgilangan.
Ushbu dasturda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar e-tinglovchi.gsbe.uz orqali hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin:
- O‘qitish xarajatlarini qoplab beradigan davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarining birinchi rahbarlari imzosi qo‘yilgan o‘qitish uchun kafolat xati;
- Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi;
- Pasport yoki ID karta (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);
- Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi IELTS (International English Language Testing System) bo‘yicha 5,0 ball, TOEFL (Test of English as a Foreign Language) bo‘yicha
72 balldan kam bo‘lmagan darajada xalqaro sertifikatlar.
Hujjat qabul qilish muddati: 2024-yil, 15-avgustgacha.
Qabul komissiyasining ishlash jadvali: Dushanba – Juma kunlari, soat 9:00 dan 18:00 gacha.
O‘qishga hujjat topshirish faqat elektron shaklda Oliy maktabning veb-sayti orqali har kuni 24 soat mobaynida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun telefon: +99871-239-03-15