MBA - Raqamli iqtisodiyot

Fanning mazmuni

Respublikamizda so‘nggi yillarda raqamli texnologiyalarni iqtisodiyot yo‘nalishlariga joriy etilishi, bank sektori va to‘lov hizmatlari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni o‘rnatishda tadbiq etilishi hamda elektron tijorat va hokazo sohalarni rivojlantirish yildan yilga yuksalib bormoqda. Bu kabi yo‘nalishlarni jadal ravishda rivojlanishga turtki vazifasini o‘tovchi me’yoriy hujjat, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston 2030” PF 679 sonli farmoni 2020 yilning 5 noyabrida tasdiqlangan bo‘lib, ushbu farmonda Respublikada raqamli industriyani rivojlantirish, milliy iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish kabi ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirilishi belgilab o‘tilgan.

Fanni o‘rganishdan maqsad - tinglovchilarga boshqaruvda raqamli texnologiyalar tizimini joriy etishning nazariy va amaliy masalalarini xal eta olishga yetarli bo‘lgan ilmiy-amaliy usullarini egallashga va uni qo‘llashga, shuningdek, boshqaruvni joriy etish bo‘yicha jahon amaliyotini tahlil qilish, o‘rganish va joriy etishga o‘rgatishdan iborat.

O’rgatiladigan vazifalar va olinadigan ko’nikmalar – fan doirasida korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarni Internet jahon ahborot tarmog‘i orqali sotish bozorlarini kengaytirish, sug‘urta tizimini raqamlashtirish, logistika tizimini takomillashtirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish, iqtisodiyotning real sektorlarida robotlashtirilgan sanoatni rivojlantirish, raqamli infratuzilmani rivojlantirish, moliyaviy supermarketlarning biznes modelini yaratish, raqamlashtirish asosida masofiy davlat va nodavlat xizmatlarini ko‘rsatish kabi mavzular taqdim etilgan.

  • biznes va tadbirkorlikni tahlil etishning zamonaviy texnologiyalari;
  • elektron tijorat va an’anaviy savdo turlari;
  • biznes va tijorat o‘rtasidagi munosabatlar;
  • elektron tijoratning asosiy masalalari va xususiyatlari, elektron tijoratning sub’ektlari;
  • tarmoq iqtisodiyotining rivojlanishining asosiy parametrlari;
  • kraudsorsing va kraudfandingdan samarali foydalanish masalalarini;
  • kraud-texnologiyalar, kraudkasting va kraudfandingni amalga oshirish tartibi;
  • FinTech texnologiyalari xususiyatlaridan foydalanishni;
  • bulutli hisoblash va virtual biznes, taqsimlash modellari maqsad funksiyalari;
  • elektron tijorat rivojlanishini me’yor va huquq bilan bog‘liq jihatdan tartibga solinishi;
  • elektron muhitda biznes va tadbirkorlik faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish;
  • elektron tijorat biznes-operatsiyalarni ta’minlovchi yelementlari;
  • O‘zbekistonda elektron savdoni rivojlantirish yo‘llari;
  • elektron tijorat bozoridagi raqobat muhitining o‘ziga xos xususiyatlari;
  • O‘zbekistonda elektron tijorat bozorining o‘sishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar;
  • Internet muhitida biznesni oqilona tashkil etishning asosiy tushunchalar, tashkiliy jihatlari, tamoyillari;
  • raqamli iqtisodiyotda biznes yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari;
  • O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish me’yoriy-huquqiy asoslari va olib borilgan chora-tadbirlar;
  • O‘zbekiston Respublikasi elektron tijorat sub’ektlari milliy reestri;
  • elektron va mobil tijorat o‘rtasidagi asosiy farqlar;
  • internet-marketingning mohiyati va xususiyatlari;
  • internet-marketingda baholash va mahsulot siyosati;
  • dropshipping tizimini institutsionallashtirilishi va dropshipperlarning asosiy ustunligi, dropshippingdan foydalanishning afzallik va kamchiliklari;
  • dropshippingni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lmagan va samarasiz bo‘lgan institutsional sharoitlarini aniqlash vazifalarini bajarishi kerak.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga qabul bo‘yicha ma'lumot

Mutaxassislik kodi Mutaxassislik nomi Kvalifikatsiya O‘qish muddati Ta'lim shakli Qabul vaqti

Kontrakt summasi
(so‘m)

70410901  Biznesni boshqarish
(MBA - Raqamli iqtisodiyot)

Iqtisodchi, pedagog - tadqiqotchi

1,5 yil

2 yil

Kunduzgi

Sirtqi

Qabul komissiyasi:
Iyul-Avgust

O‘qish boshlanish vaqti: Sentyabr

O‘quv dasturining bir yili uchun taxminiy to‘lov narxi

25,0 mln. so‘m

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

- Oliy maʼlumotga va oliy taʼlim muassasasini tamomlagandan keyin kamida uch yil ish staji;

- 45 yoshgacha (yosh chegarasi faqat kunduzgi taʼlim shakli uchun).

 

Qabul sinovlari tartibi:

- Suhbat (umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha);

- DTM tomonidan test sinovlari (mutaxassislik va ingliz tilidan).

Ingliz tilidan imtiyoz berilishi:

- CEFR bo‘yicha B2;

- IELTS bo‘yicha 5,0 ball;

- TOEFL bo‘yicha 72 balldan kam bo‘lmagan darajada.

 

Talab etiladigan hujjatlar:

Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar komissiyaga veb-sayt orqali Oliy maktab direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:

- davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subʼektlari birinchi rahbarlarining imzosi qo‘yilgan tavsiya xati;

- oliy maʼlumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi;

- 4x6 o‘lchamdagi rangli fotosurat;

- pasport (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);

- ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat/sertifikat (agar mavjud bo‘lsa).

 

O‘qishga hujjat topshirish:

Elektron shaklda Oliy maktabning veb-sayti orqali amalga oshiriladi.