• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

OLIY MAKTAB HAQIDA

BIZNES VA TADBIRKORLIK OLIY MAKTABI HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-apreldagi 153-son “O‘zbеkiston Rеspublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutini hamda Biznеs va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga muvofiq qayta tashkil etilgan.

Oliy maktabning maqsadi biznesni boshqarish (MBA), loyiha boshqaruvi, IT biznes  sohalarida kadr va mutaxassislarni tayyorlash tizimini xalqaro standartlarga muvofiq tubdan takomillashtirish hamda ularning professional saviyasini oshirish, shuningdek, tuman (shahar) hokim yordamchilarining malakasi va ularning faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan trening, seminar va master-klasslar tashkil etish hamda biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etishni ilmiy-metodik qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Oliy maktabda “Biznesni boshqarish” (Master of Business Administration – MBA)” sohalari bo‘yicha yo‘nalishlar: Global menejment, Kichik biznes va tadbirkorlik, Agrobiznes, Korporativ moliya, “Loyiha boshqaruvi” (Project management), “IT biznes” magistratura dasturlari asosida mutaxassislar hamda “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixtisosligi bo‘yicha va doktoranturada (PhD, DCs) ilmiy kadrlar tayyorlanmoqda. Bir vaqtning o‘zida 30 dan ziyod yo‘nalish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarida tashkilot va korxona xodimlari, aholi va tadbirkorlar malakalarini oshirmoqdalar.

Dasturlarning asosiy maqsadi – keskin raqobat muhitida erkin faoliyat yurita oladigan, belgilangan vazifalarni samarali bajarish va amalga oshirishga qodir yuqori malakali kadrlarini tayyorlashdir.

Bizning oldimizga qo‘ygan asosiy maqsadimiz nafaqat respublikada, balki xalqaro miqyosda ham yetakchi biznes maktabiga aylanishdir!