Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabida biz innovatsiya va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sohasida yuqori natijalarga erishishga, shuningdek, tadqiqotimiz jamiyatning farovonligiga hissa qo’shishi uchun intilamiz.
Asosiy maqsadimiz bu - Oliy maktabda ilmiy tadqiqotlarning ahamiyati, bilimlar va g’oyalarni rivojlantirish va tarqatish, barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash va tinglovchilarni muvaffaqiyatga erishishida va o'z ishiga mas'uliyat bilan yondashishiga yaqindan ko'maklashish.
Oliy maktabning ilmiy tadqiqot natijalari yetakchi xalqaro ilmiy jurnallarda chop etiladi. Ushbu ilmiy tadqiqot natijalari menedjerlar, shuningdek, sinf xonalari uchun boshqaruv nashrlari va amaliy tadqiqotlar orqali ilg'or va chuqur bilimlarni taqdim etadi.
Oliy maktab akademik va professional ko'nikmalarni keng ko'lamli egallash va maxsus akademik muhitda hamkorlik qilishga qaratilgan. Tadqiqot va amaliyotning bu noyob integratsiyasi Oliy maktabni dolzarb va innovatsion bilimlarni olish uchun ajoyib maskanga aylantiradi.