«Loyiha boshqaruvi (Project Management)» - boshqaruv faoliyatida muvaffaqiyatli kar'yera qurishga qaratilgan. Bugungi barqaror iqtisodiyotda doimiy o'zgarishlarga ega bo'lgan, malakali tarzda o'rnatilgan boshqaruv faoliyati - muvaffaqiyatli biznesning kalitidir. Shuni ham unutmaslik kerakki, loyihaviy boshqarish tamoyillari va vositalari iqtisodiyotning xususiy va davlat sektorida keng qo'llaniladi.
Kim uchun?
Magistirlik dasturi xo'jalik boshqaruvi organlari, aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa tadbirkorlik sub'yektlari uchun mo'ljallangan. Bitiruvchilarga, faqat boshlang'ich kasblarga va kelgusida o'qish uchun professional bilimlarni chuqurlashtirishni istagan mutaxassislarga mos keladi.
Dasturning maqsadi:
- Tinglovchilarni loyiha va ta'minotni boshqarish sohasidagi muvaffaqiyatli kar'yera uchun tayyorlash;
- Samarali korporativ boshqaruvi, yuqori darajadagi biznes etiketi uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni rivojlantirish.
Dasturning afzalliklari:
- O'qish va ishning bir vaqtning o'zida olib borish imkoniyati bilan modulli ta'lim tizimi yo'lga qo'yilganligi;
- Sohadagi yetakchi amaliyotchi mutaxassislar, professor o'qituvchilar, fan nomzodlari va kuchli pedagog kadrlar tomonidan beriladigan ta'lim;
- Dunyoning rivojlangan mamlakatlar ta'lim muassasalaridan taklif qilingan professor o'qituvchilarni ta'lim jarayonlariga jalb etish;
- Respublika va horijiy mamlakatlar mutaxassislari ishtirokidagi muammoli - maqsadli muhokamalar, davra suhbatlari, konferentsiyalar, simpoziumlarning o'tkazilishi;
- Hamkorlik dasturi asosida chet elda o'qitish imkoniyati.
Dasturning muhim hususiyati shundaki, tinglovchilar strategik rejalashtirish, loyiha ekspertizasi, loyihani modellashtirish, biznes jarayonlarini boshqarishning asosiy poydevoriga ega bo'lishadi. Bu esa amaliyotda metodologiyani samarali qo'llash uchun yaxshi zamin yaratadi.
Qabul to'lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga qabul bo‘yicha ma'lumot
Mutaxassislik kodi | Mutaxassislik nomi | Kvalifikatsiya | O‘qish muddati | Ta'lim shakli | Qabul vaqti |
Kontrakt summasi |
70410802 | Loyiha boshqaruvi (Project Management) |
Iqtisodchi, pedagog - tadqiqotchi |
1,5 yil 2 yil |
Kunduzgi Sirtqi |
Qabul komissiyasi: O‘qish boshlanish vaqti: Sentyabr |
O‘quv dasturining bir yili uchun taxminiy to‘lov narxi 25,0 mln. so‘m |
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: - Oliy maʼlumotga va oliy taʼlim muassasasini tamomlagandan keyin kamida uch yil ish staji; - 45 yoshgacha (yosh chegarasi faqat kunduzgi taʼlim shakli uchun). |
|
Qabul sinovlari tartibi: - Suhbat (umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha); - DTM tomonidan test sinovlari (mutaxassislik va ingliz tilidan). Ingliz tilidan imtiyoz berilishi: - CEFR bo‘yicha B2; - IELTS bo‘yicha 5,0 ball; - TOEFL bo‘yicha 72 balldan kam bo‘lmagan darajada. |
|
Talab etiladigan hujjatlar: Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar komissiyaga veb-sayt orqali Oliy maktab direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi: - davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subʼektlari birinchi rahbarlarining imzosi qo‘yilgan tavsiya xati; - oliy maʼlumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi; - 4x6 o‘lchamdagi rangli fotosurat; - pasport (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi); - ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat/sertifikat (agar mavjud bo‘lsa). |
|
O‘qishga hujjat topshirish: Elektron shaklda Oliy maktabning veb-sayti orqali amalga oshiriladi. |