Navoiy viloyati

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Navoiy viloyat hududiy filiali

 

Bo’lim boshlig’i – Obitov Norpulat Ibodovich

Email: n.obitov@rgsbm.uz

Murojaat uchun telefon: (91)308-87-61; (93)385-50-56

Manzil: Navoiy viloyati, Karmana tumani Talqoq MFY hunarmandlar binosi

 

O'quv dasturlari nomi

O'quv dasturlari soati

 

 Trening auditoriyasi

 

 

 Nazorat

turi

Ma'ruza, taqdimot

Mahorat-darslari (master klass)

Amaliyot

1.       

“Aholini (yoshlar va xotin-qizlarni) tadbirkorlik ko'nikmalariga o'qitish” (120 soat)

56

8

56

Aholi qatlamlari (oila, yoshlar, xotin-qizlar)

Biznes reja, test topshirish

2.       

“Aholini (yoshlar va xotin-qizlarni) tadbirkorlik ko'nikmalariga o'qitish” (60 soat)

28

6

26

Aholi qatlamlari (oila, yoshlar, xotin-qizlar)

Biznes reja, test topshirish

3.       

“Tadbirkorlarni biznesni boshqarish va rivojlantirish ko'nikmalariga o'qitish" dasturi (60 soat)

26

4

30

Tadbirkorlik faoliyatiga tayyor shaxslar

Biznes reja, test topshirish

4.       

“Oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali kredit olishni mo'ljallagan aholi qatlamlari” uchun o'quv dasturi (120 soat)

52

8

60

Ma'lum iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanuvchi oilalar

Biznes reja, test topshirish

5.       

“Oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali kredit olishni mo'ljallagan aholi qatlamlari” uchun o'quv dasturi (60 soa)

20

8

32

Ma'lum iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanuvchi oilalar

Biznes reja, test topshirish

6.       

“Oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali kredit olishni mo'ljallagan aholi qatlamlari” uchun o'quv dasturi (120 va 60 soat)

44

4

12

Ma'lum iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanuvchi oilalar

Biznes reja, test topshirish

7.       

“Tashqi savdo va eksport asoslari” o'quv dasturi (60 soat)

18

18

24

Raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar

Test topshirish

8.       

“Tadbirkorlik faoliyatida IT va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish” o'quv dasturi (60 soat)

14

0

10

Tadbirkorlik sohasida ish yuritayotgan mutaxassislar (menejer, XB inspektori, IT administrator) va xohlovchilar

Biznes reja, test topshirish

9.       

“Kambag'allikni aniqlash mezonlari va uni qisqartirish: ilg'or tajriba va zamonaviy mexanizmlar” o'quv dasturi  (24 soat)

26

8

26

Tadbirkorlik sub'ektlari rahbarlari

Test topshirish

10.   

“Marketing va menedjment” o'quv dasturi (60 soat)

22

8

20

Tadbirkorlik sub'ektlari rahbarlari

Biznes reja, test topshirish

11.   

“Xizmat ko'rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyati tashkil etish” o'quv dasturi (60 soat)

24

12

24

Xizmat ko'rsatish sohasida yuridik va jismoniy shaxslar

Biznes reja, test topshirish

12.   

“Qishloq xo'jaligi sohasida tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tashkil qilish” o'quv dasturi (60 soat)

28

14

18

Qishloq xo'jalik mahsuloti yetishtiruvchi xo'jaliklar

Biznes loyiha (biznes reja), test topshirish

13.   

“Tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida innovatsion g'oyalarni biznes startaplarga aylantirish mexanizmini yaratish” o'quv dasturi (60 soat)

30

5

25

Innovatsion g'oyalri mavjud yuridik va jismoniy shaxslar

Biznes reja, test topshirish

14.   

“Qurilish sohasida tadbirkorlik ko'nikmalarini rivojlantirish” o'quv dasturi (60 soat)

32

12

16

Qurilish brigadalari, kompaniyalar

Biznes reja, test topshirish

15.   

“Turizm sohasida tadbirkorlik ko'nikmalariga o'qitish” dasturi (60 soat)

32

0

8

Turizm sohasida tajribaga ega yuridik va jismoniy shaxslar

Test topshirish

16.   

“Auktsionni tashkil qilish va o'tkazish faoliyatini amalga oshirish” o'quv dasturi (40 soat)

22

32

6

Auktsion va birja savdo orqali ko'chmas mulk savdosi sohasida malaksini oshirishni xohlovchi shaxslar

Test topshirish

17.   

“Ko'chmas mulk sohasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish” o'quv dasturi (60 soat)

56

0

64

Ko'chmas mulk bozorida savdo faoliyatini amalga oshirishga qiziquvchi shaxslar

Biznes reja, test topshirish

18.   

“Biznes ingliz” dasturi (120 soat)

 

 

 

TIF bilan shug'ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar

Test topshirish

19.   

“Yashil iqtisodiyot kontsepsiyasi” (Green Economy) (30 soat)

28

 

20

Loyiha rahbarlari, yirik korxona rahbarlari

Test topshirish

20.   

“Loyiha boshqaruvi: bazaviy daraja” o'quv dasturi (48 soat)

22

 

50

Loyihalarni boshqarish bilan shug'ullanadigan o'rta va yuqori darajadagi menejerlar

Kichik loyiha, test topshirish

21.   

“Loyiha boshqaruvi sohasida loyiha menejerlarini tayyorlash” o'quv dasturi (72 soat)

36

0

20

Loyiha menejerlari, funktsional menejerlari, mavjud tashkilotlarning mutaxassislari

Test topshirish

22.   

“Investitsion loyihalarni tayyorlash va boshqarish” o'quv dasturi (56 soat)

38

 

12

loyihalarni tayyorlash va boshqarish bo'yicha davlat organlari va xo'jalik birlashmalarining yuqori va o'rta darajadagi rahbarlari

Test topshirish

23.   

“Tijorat banklari kredit portfelining sifatini oshirish” o'quv dasturi (40 soat)

38

 

12

Tijorat banklari Kreditlash departamenti xodimlari va filiallari kredit bo'limi boshliqlari

Test topshirish

24.   

“Tijorat banklari faoliyatidagi risklarni boshqarish amaliyotini takomillashtirish” o'quv dasturi (40 soat)

32

4

4

O'quv-amaliy seminar tijorat banklarining risklarni boshqarish bilan shug'ullanadigan funktsional bo'linmalarining rahbarlari va operatsion xodimlari

Test topshirish

25.   

“Korxonani inqirozga qarshi boshqarish” o'quv dasturi(40 soat)

28

24

8

inqirozga qarshi boshqaruv bo'yicha amaliy bilimlarni olishga qiziquvchilar

Test topshirish

26.   

“Korxona moliyaviy holati tahlili” o'quv dasturi

30

 

26

Boshqaruvni samaradorligini oshirish maqsadida moliyaviy tahlil usullarini to’laqonli o’rganishni reja qilayotgan o’rta va yuqori tashkilot rahbarlari va tadbirkorlarga mo’ljallangan.

Test topshirish

27.   

“Korporativ boshqaruv: tamoyillar, mexanizmlar va joriy qilish” o'quv dasturi (56 soat)

26

0

14

Aksiyadorlik jamiyati rahbarlari va ta’sischilari

Test topshirish

28.   

“Korporativ boshqaruvning zamonaviy amaliyoti va tamoyillari” o'quv dasturi (40 soat)

24

0

32

Yuqori va o'rta menejerlar, iqtisodiy boshqaruv organlari mutaxassislari, AJ rahbarlari

Test topshirish

29.   

“Personalni boshqarish” (HR menejer) o'quv dasturi (56 soat)

 

 

 

Tashkilot, korxona va kichik korxonalardagi kadrlar bo'limi xodimlari

Test topshirish

30.   

Sud boshqaruvchilarini tayyorlash bo'yicha (120 soat)

16

0

14

Sud sohasini tartibga solish faolitiga qiziquvchi shaxslar

Test topshirish

 

Ayni vaqtda shiddat bilan kechayotgan yangilanish jarayonlari yoshlar, xotin-qizlar va aholining turli qatlamlari bilim va ko'nikmalarini islohotlarga moslashtirish, ularning professional rivojlanishiga yangicha yondashishni talab etmoqda. Ularda tadbirkorlik va biznes ko'nikmalarini shakllantirish, kasbiy malakasini oshirish orqali iqtisodiy o'sishni ta'minlash eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Mamlakatimiz rahbarining 2020 yil 11 avgust  PQ-4804 sonli “Kambag'al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o'qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori qabul qilingan hamda, 2021 yil 27 yanvar kuni Prezidentimiz rahbarligida o'tkazilgan “Yoshlar bandligini ta'minlash va bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi kengaytirilgan tarzda videoselektor yig'ilishi o'tkazilgan.

Ushbu maqsadda, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining hududiy filiallari tomonidan asosiy aholi, yoshlar, xotin-qizlarni kichik biznes va tadbirkorlikka o'qitish, yangi ish o'rinlarini yaratish, kambag'allikni kamaytirish, viloyatlarni moliyaviy-iqtisodiy o'sishi, biznes va tadbirkorlik muhitini yaxshilash va tadbirkorlarni sonini ko'paytirishdan bo'ycha keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.

 

 

2021 yil 15 fevraldan boshlab Oliy maktabning Navoiy hududiy filialida ham hotin-qizlar va yoshlar uchun 28-ta yo'nalish bo'yicha qisqa muddatli o'quv kurslari tashkil qilindi. O'quv kurslarida “Ayollar daftari”da ro'yxatda turuvchi, ish qidirayotgan yoki ishsiz sifatida ro'yxatga olingan, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi xotin-qizlar va tadbirkor ayollar faol qatnashishmoqda.

O'tkazilayotgan ushbu o'quv kurslari mutlaqo bepul ravishda amalga oshirilmoqda. Unda va o'z tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish arafasida yurgan va tadbirkorlik foaliyati bilan shug'ullanib kelayotgan hotin-qizlarga biznes rejani ishlab chiqish, davlat reyestridan o'tkazish, bankda o'z hisobvaraqalrini ochish, subsidiya, kredit olish shartlari va tartibi hamda tadbirkorlarga yaratilayotgan imtiyozlar bo'yicha atroflicha ma'lumot berilmoqda.

 

Ma'lumot o'rnida aytish joizki, Respublika bo'ylab 2021 yil 30 mart holatiga  ko'ra tashkil etilgan o'quv kurslarida 1300 nafardan ziyod aholi, yoshlar va xotin-qizlar bepul o'qitilib, ularning barchasiga sertifikatlar topshirilgan. E'tiborlisi, o'quv kurslarida qatnashganlardan 70% dan ortig'i o'z tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish arafasida, qolganlari esa o'z faoliyatini kengaytirish bo'yicha ishlar amalarga oshirishmoqda. 

E'tiborlisi, ushbu kurslar orqali respublikamizning barcha hududlarini qamrab olgan holda, 2021 yilda Oliy maktab tomonidan 43 120 nafar, 2022 yilda 100 000 nafar, 2023 yilda 200 000 nafar aholini tadbirkorlikka o'qitish rejalashtirilgan. Mazkur rejani amalga oshirish borasida Oliy maktab respublikamizning yetakchi vazirlik va idoralari bilan samarali hamqorlikni yo'lga qo'ygan.

 

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, direktorning hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo'yicha o'rinbosari – Sh.N. Isakulov boshchiligidagi ishchi guruh ham Navoiy hududiy filialiga tashrif buyurib, o'quv kurslari bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, jarayonlar va rejalari bilan tanishib chiqdi. Kurs tinglovchilariga Oliy maktab va uning hududiy filiallari faoliyati haqida atroflicha ma'lumot berildi.

Tashrif davomida hudud rahbarlari bilan ishchi uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda, hududdagi aholi qatlamlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi xotin-qizlar, tadbirkor ayollar, ish qidirayotgan yoki ishsiz sifatida ro'yxatga olingan fuqarolarni malakasi, bilim va ko'nikmalarini oshirish, yangi ish o'rinlarini yaratish, kambag'allikni kamaytirish, viloyatlarni moliyaviy-iqtisodiy o'sishi masalalari bo'yicha o'zaro fikrlar almashildi.

 

O'quv kurslari tasdiqlangan kun tartibi va dars jadvali asosida tashkillangan bo'lib, ayni jarayonda xotin-qizlarning kasbiy va intellektual salohiyatini yanada oshirish, bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash, tadbirkorlikni va davomida duch kelish mumkin bo'lgan muammoli vaziyatlarni bartaraf etishdagi ahamiyatli jihatlar yuzasidan tajriba almashadilar.

Unda samarali ish ko'rsatayotgan tadbirkorlik sub'ektlarining biznesni tashkil etish hamda rivojlantirish bo'yicha tajribasi haqida mahorat saboqlari xam o'tkazib kelinmoqda. Hududda yuqori natijalarni ko'rsatayotgant korxonalarga tashrif buyurib, amaliyot bilan bevosita tanishish ham amalga oshirilib kelinmoqda.

 

 

O'quv dasturidagi barcha mavzu doirasida tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar, tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarga yechim topishida ham tegishli ko'rsatmalar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bo'yicha amalga oshirilayotgan so'ngi islohotlar, sohani yanada rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan qaror va farmonlar, ularning mazmun-mohiyati bo'yicha ham tushuntirishlar berilyapti.

Har bir o'quv kursi yuqori sifatini ta'minlash maqsadida:

  • tadbirkorlikka oid nazariy bilimlarni ma'ruza shaklida berish;
  • tinglovchilarda tadbirkorlik bo'yicha aniq tasavvur paydo qilish uchun mahorat darslari (master-klass)ni o'tish;
  • tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish uchun muvaffaqiyatli tadbirkorlar faoliyati bilan joylarga chiqib tanishtirish,
  • o'zi tanlagan sohada tadbirkorlikni amalga oshirish uchunt biznes reja tuzish va uning taqdimotini o'tkazish;
  • shakllangan bilim va ko'nikmalarni xolis baholash uchun test tiziminei joriy qilish;
  • 70 baldan yuqori baho olgan tinglovchilarga sertifikat taqdim etish.

O'quv kurslari yakunida tinglovchilar tanlagan faoliyat yo'nalishlariga qarab biznes-reja tuzadilar va test topshiradilar. Biznes-rejani muvaffaqiyatli himoya qilgan va testlardan o'tgan tinglovchilarga kurs yakuni bo'yicha sertifikatlar topshiriladi.

O'quv jarayoni sifatini ta'minlash maqsadida o'quv kurslarini so'nggi kuni tinglovchilar orasida qayta aloqa o'rnatish uchun anonim so'rovnoma o'tkaziladi. So'rovnoma natijalariga ko'ra, o'quv kurslarini tashkillashtirishdagi muammolar hal etiladi va o'quv jarayonining sifati muntazam ravishda yaxshilanib boriladi.

 

 

Kurs qatnashchilarining ta'lim olishi, bilimi va ko'nikmalarini oshirish, ta'lim jarayonini to'laqonli tashkil qilish uchun, o'quv auditoriyalari zamonaviy va barcha qulayliklarga ega jihozlar bilan to'liq ta'minlangan. O'quv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanilyapti. Albatta, dasturlarni ishlab chiqish va treninglar o'tkazishda eng avvalo sifat, qiymat va natijaga e'tibor qaratilmoqda.

Ishtirokchilarning o'z biznes g'oyalari asosida, biznes rejalarini ishlab chiqish borasida nazariy va amaliy mashg'ulotlar bilan bir qatorda, viloyatda faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish korxonalariga, kichik sanoat zonalariga tashriflar tashkil etilmoqda.  Xususan, bu borada  mahalliy xokimiyatlar va mutasaddi tashkilotlar amaliy-tashkiliy yordam ko'rsatib kelishmoqda.

O'quv kursi yakuni bilan tinglovchilarga malaka oshirganliklari to'g'risida sertifikatlar taqdim qilinmoqda.