OLIY MAKTAB VA RANXiGS QO‘SHMA TA’LIM DASTURI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi yuqori boshqaruv darajasida mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashga ixtisoslashgan Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasasi – Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi (RANXiGS) bilan birgalikda “Menejment magistri” va “Biznesni boqarish (MBA) – Korporativ boshqaruv va biznesni strategik rivojlantirish” mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturiga qabul amalga oshirmoqda.
DASTURNING MAQSADLI AUDITORIYASI
Dastur yuqori darajadagi tadbirkorlar va menejerlar, iqtisodiyot va sanoat sohasidagi boshqaruv organlari, kasbiy o‘sish, yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish, strategik fikrlashdan manfaatdor bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan.
DASTURNING MAQSADI:
biznesni boshqarish va strategik rivojlantirish sohasida chuqur nazariy bilimlarga va amaliy kompetensiyalarga ega bo‘lgan rahbarlar va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek korporativ boshqaruvni amalga oshiradi.
Dastur menejment va iqtisodiyotning barcha sohalari: marketing, moliya, menejment, innovatsiyalar, raqamlashtirish, strategiya, yetakchilik, motivatsiya, vaqtni boshqarish bo‘yicha tizimli bilimlarni olish va ko‘nikmalarni oshirish, shuningdek, universal kompetensiyalarni shakllantirish va boshqaruv ko‘nikmalari imkonini beradi: professional (professional skills), "yumshoq" (soft skills) va raqamli ko‘nikmalar (digital skills).
DASTURNING AFZALLIKLARI:
- O‘zbekiston va Rossiyada o‘qish imkoniyati, uning yakuni bo'yicha Oliy maktab va Rossiya Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasining diplomlariga ega bo‘lish;
- mashg‘ulotlar yetakchi xorijiy va mahalliy o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi;
- amaliyot va loyiha ishlarida qatnashib, real biznes muhitida ishlash tajribasiga ega bo‘lish;
- O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan yevromenejment modellarini o‘rganish;
- biznes samaradorligini oshirish uchun korporativ boshqaruv ko‘nikmalarini oshirish;
- ijtimoiy mas’uliyatli korporativ boshqaruvning jahon amaliyotini o‘zlashtirish.
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga qabul bo‘yicha ma'lumot
Mutaxassislik kodi | Mutaxassislik nomi | Kvalifikatsiya | O‘qish muddati | Ta'lim shakli | Qabul vaqti |
Kontrakt summasi |
70410901
|
1. Biznesni boshqarish (MBA) – Korporativ boshqaruv va biznesni strategik rivojlantirish |
Iqtisodchi, pedagog - tadqiqotchi
|
2 yil 3 oy |
Sirtqi |
Qabul komissiyasi: O‘qish boshlanish vaqti: |
2 000 $ 4 000 $ |
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: - Oliy ma’lumot (bakalavriat); - Rus tilini bilish darajasini tasdiqlovchi B2 darajasidan past bo‘lmagan xalqaro sertifikat (mavjud bo‘lsa) |
Qabul sinovlari tartibi: - Suhbat (Maxsus dastur va umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha); - DTM (mutaxassislik va rus tili) bo‘yicha testlar.. |
Talab etiladigan hujjatlar: Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar komissiyaga veb-sayt orqali Oliy maktab direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi: - davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlarining birinchi rahbarlari imzosi bilan o‘qitish xarajatlarini qoplash uchun kafolat xati (yuridik shaxs bo‘lsa); - oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning va xorijga chiqish pasportining asl nusxalari, shuningdek, ushbu hujjatlarning rus tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi; - ID (imtihon paytida asl nusxasi taqdim etiladi); - rus tilini bilishning tegishli darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat (mavjud bo‘lsa) |