• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Ingliz tili va biznes kommunikatsiyalari

Muxitdinova Nodira

Abdullaevna

Kafedra mudiri

 

 

 

 

 

Xorijiy tillar va ishbilarmonlik muloqoti kafedrasining asosiy maqsadi tinglovchilarning xorijiy tilda madaniyatlararo biznes muloqot qilish kompetentsiyalarini shakllantirishdan iborat. Xorijiy tillar va ishbilarmonlik muloqoti o‘rta va katta yoshdagi, xorijiy tilni o‘rta darajada o‘zlashtirgan va o‘z bilimlarini yanada rivojlantirish maqsadida boʼlgan tinglovchilar uchun hozirda zamonaviy dunyoda maqsadlarga erishishda, yangi ufqlarni zabt etishda va tanlagan sohada muvaffaqiyatga erishish imkonini beruvchi har bir sohaning talabi bo‘lgan Soft Skills ko‘nikmalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan. Ushbu fan autentik materiallarni o‘z ichiga olib, nutq faoliyatining barcha turlari (tinglab tushunish, yozish, o’qish va gapirish)ni rivojlantiradi va mutaxassislik bо‘yicha tildan foydalanish ko‘nikmasini rivojlantiradi. Tinglovchilar Biznes ingliz tilida kommunikativ ko‘nikmani rivojlantiribgina qolmay, balki jamiyat hayotida teng ishtirok etish, jamoada ishlash va ayniqsa xorijlik mutaxassislar bilan erkin suhbat qurish, muzokaralar olib borish, taqdimotlar qilish, anjumanlarda ishtirok etish ko‘nikmasini shakllantiradi.

Xorijiy tillar va ishbilarmonlik muloqoti kafedrasi O‘quv dasturi tinglovchilarda xalqaro biznes etikasi va madaniyati bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, hamkorlar bilan xorijiy muzokaralar olib borish, biznes muloqoti me’yorlariga rioya qilish va ishbilarmonlik aloqalarini kuchaytirish, ijodiy va intellektual salohiyatini oshirish, xalqaro tadbirkorlik va amaliy ishbilarmonlik sohasida amaliy bilimlarga ega yuqori darajali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.

Kafedra faoliyatining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

– o‘quv va o‘quv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-uslubiy yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish;

– tinglovchilarda o‘qish, eshitish, yozish va gapirish ko‘nikmalarini shakllantirish;

– umumiy va biznes ingliz tili bo‘yicha yangi terminlar orqali ingliz tilini qo‘llay olish orqali bilim darajasini oshirish;

  • mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
  • xorijiy tilda biznes kommunikatsiya jarayonlari bilan tanishtirish hamda o‘rganilgan bilimlarini amalda qo‘llay olish ko‘nikmasini shakllantirish.

Xorijiy tillar va ishbilarmonlik muloqoti fani o‘z xususiyatiga ko‘ra ijtimoiy hayot bilan bevosita va bilvosita bog‘liq holda jamiyatning turli sohalarida uchraydigan voqealarga oid mavzularni qamrab oladi. Kafedra faoliyatining muhim vazifasi amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish hamda tinglovchilarni kasbiy faoliyatda, shu jumladan xalqaro kommunikatsiyalar va biznes muzokaralarida xorijiy tillardan foydalanishga tayyorlashdir.

Fanlar tinglovchilar darajasi (Elementary level – Pre-Intermediate, Intermediate – Upper-Intermediate)ga qarab,  quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mavzularni o‘z ichiga oladi:  

  • Global management (Master of Business Administration – MBA);
  • Moliya (Korporativ moliya) (Master of Business Administration – MBA);
  • Agrobiznes (Master of Business Administration – MBA);
  • Kichik biznes va tadbirkorlik (Master of Business Administration – MBA);
  • Loyiha boshqaruvi (Project Management-PM).

Ushbu fan magistratura bosqichida barcha kompetensiyalarga erishish – biznes jarayonlarida ishbilarmonlik muloqotini shakllantirish, shuningdek o‘rgatilayotgan xorijiy tilda ravon va aniq so‘zlashish hamda hozirgi paytda dunyoda sodir bo‘layotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy voqelikka o‘z munosabatlarini bildira olishlari yuzasidan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

PhD, dotsent Muxitdinova Nodira Abdullaevna

 

PhD, dotsent Ashurova Shaxnoza Almasovna

 

 

PhD, dotsent Farmonov Bekzod Begmatovich

 

dotsent Valiyeva Nasiba Xadiyatullaevna

 

dotsent Eshanova Moxira Yuldashbaevna

Telefon: + 998 71 239 03 05