• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Biz haqimizda

BIZNES VA TADBIRKORLIK OLIY MAKTABI HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-apreldagi 153-son “O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutini hamda Biznеs va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qayta tashkil etilgan.

Oliy maktabning maqsadi biznes boshqaruvi (MBA — Master of Business Administration), loyihalarni boshqarish, IT-biznes va “yashil” iqtisodiyot kabi sohalarda kadr hamda mutaxassislar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirishdan iborat.

Maktab xalqaro standartlarga javob berishga va talabalarning kasbiy saviyasini oshirishga intiladi.

Shuningdek, Oliy maktabda tumanlar (shaharlar) hokimlari yordamchilarining malakasi va samaradorligini oshirishga qaratilgan treninglar, seminarlar va mahorat saboqlari tashkil etiladi. Shuningdek, tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning zamonaviy usullarini joriy qilish ilmiy-uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanadi.

Oliy maktab biznesni boshqarish (MBA) bo‘yicha magistrlik darajasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashni taklif etadi. Ta’lim dasturi Global menejment, Kichik biznes va tadbirkorlik, Agrobiznes hamda Korporativ moliya kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, talabalar “Loyihalarni boshqarish” va “IT-biznes” mutaxassisliklarida o‘qishni tanlashlari mumkin.

Oliy maktab, shuningdek, “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” sohasida tadqiqotchilarni tayyorlash uchun doktorlik dasturini (PhD, DCs) taklif etadi.

Muassasada turli yo‘nalishlarni qamrab oluvchi 30 dan ortiq qisqa muddatli o‘quv kurslari o‘tkaziladi. Ushbu kurslar turli vazirlik, idora, tashkilot, korxonalar xodimlari, shuningdek, aholi va tadbirkorlarning malakasini oshirishga qaratilgan.

Ushbu dasturlarning asosiy maqsadi kuchli raqobat muhitida muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan va belgilangan vazifalarni samarali hal eta oladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashdan iborat.