MBA - Moliya

Moliya (Master of Business Administration – MBA) dasturi barcha iqtisodiyot tarmoqlari, byudjet tashkilotlari, turli soha va yo'nalishlar uchun moliya sohasidagi oliy va yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo'yicha jahonda universal ta'lim dasturi deb tan olingan. Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining MBA dasturi bu - dunyodagi e'tirof etilgan standartlarning o'ziga xos hususiyatlarini hisobga olgan holda, ushbu sohadagi yetakchi mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan  nazariy hamda amaliy dasturdir.

 Kimlar uchun?

 Dastur moliya va buxgalteriya sohasidagi mutaxassislar, tadbirkorlar - biznes egalari va yuqori darajadagi boshqaruvchilar, moliyaviy boshqaruv organlari, kasbiy o'sishga qiziqqan, moliya sohasida o’z bilimini yanada oshirishga intilgan, strategik fikrlash, shuningdek moliya intizomini sifat jihatdan yangi rivojlanish bosqichini izlayotgan mutaxassislar  uchun mo'ljallangan.

“Moliya va Buxgalteriya hisobi” magistri darajasi bugungi global biznes bozorlarida murakkab biznes muammolarini hal qila oladigan yuqori malakali moliyachi, buxgalteriya hisobi va audit mutaxassislarini tayyorlash uchun mo'ljallangan. Dastur nufuzli malakaga ega bo'lish ьщдшнф va buxgalteriya hisobi, audit va soliqqa tortish bilan bog'liq sohalarda muvaffaqiyatli professional martaba qurish uchun zarur bo'lgan noyob imkoniyatlar va o'z-o'zini rivojlantirishning tabiiy yo'lini taqdim etadi.

Dasturning maqsadi:

  • Zamonaviy moliya tizimini chuqur o'rganish;
  • Jahonda moliya va buxgalteriya hisobi yo’nalishidagi yangi tendensiyalarni tahlil qila olish
  • O'quv jarayonida materiallarni amaliy jihatdan mustahkamlash uchun tinglovchilarni zarur vositalar bilan ta'minlash;
  • Moliya sohasida muvaffaqiyatli kar'yera uchun tinglovchilarni tayyorlash.

Dasturning afzalliklari:

  • O'qish va ishning bir vaqtning o'zida olib borish imkoniyati bilan modulli ta'lim tizimi yo'lga qo'yilganligi;
  • Sohadagi yetakchi amaliyotchi mutaxassislar, professor o'qituvchilar, fan nomzodlari va kuchli pedagog kadrlar tomonidan beriladigan ta'lim;
  • Dunyoning rivojlangan mamlakatlar ta'lim muassasalaridan taklif qilingan professor o'qituvchilarni ta'lim jarayonlariga  jalb etish;
  • Respublika va horijiy mamlakatlar mutaxassislari  ishtirokidagi muammoli - maqsadli muhokamalar, davra suhbatlari, konferentsiyalar, simpoziumlarning o'tkazilishi;
  • Hamkorlik dasturi asosida chet elda o'qitish imkoniyati.

 Dasturning o'ziga xos xususiyatlari:

Dasturning o'ziga hos hususiyati shundaki, u amaliy faoliyatga asoslangan va tinglovchilarga biznes boshqaruvini rivojlantirishning yangi usullarini kashf qilishda innovatsion yechimlar va usullarni ishlab chiqishda yordam beradi.

 Dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan so'ng, tinglovchilar moliyaviy menejment, hisobot berish, soliqqa tortish, audit, etakchilik va axloq kabi sohalarni qamrab olgan xalqaro miqyosda tan olingan buxgalteriya sertifikatiga ega bo'lish imkonini beradigan tegishli va fundamental bilimlarga ega bo'ladilar.

 

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga qabul bo‘yicha ma'lumot

Mutaxassislik kodi Mutaxassislik nomi Kvalifikatsiya O‘qish muddati Ta'lim shakli Qabul vaqti

Kontrakt summasi
(so‘m)

70410901  Biznesni boshqarish
(MBA - Moliya)

Iqtisodchi, pedagog - tadqiqotchi

1,5 yil

2 yil

Kunduzgi

Sirtqi

Qabul komissiyasi:
Iyul-Avgust

O‘qish boshlanish vaqti: Sentyabr

O‘quv dasturining bir yili uchun taxminiy to‘lov narxi

25,0 mln. so‘m

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

- Oliy maʼlumotga va oliy taʼlim muassasasini tamomlagandan keyin kamida uch yil ish staji;

- 45 yoshgacha (yosh chegarasi faqat kunduzgi taʼlim shakli uchun).

 

Qabul sinovlari tartibi:

- Suhbat (umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha);

- DTM tomonidan test sinovlari (mutaxassislik va ingliz tilidan).

Ingliz tilidan imtiyoz berilishi:

- CEFR bo‘yicha B2;

- IELTS bo‘yicha 5,0 ball;

- TOEFL bo‘yicha 72 balldan kam bo‘lmagan darajada.

 

Talab etiladigan hujjatlar:

Magistraturaga kirish istagini bildirgan nomzodlar komissiyaga veb-sayt orqali Oliy maktab direktori nomiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:

- davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subʼektlari birinchi rahbarlarining imzosi qo‘yilgan tavsiya xati;

- oliy maʼlumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi;

- 4x6 o‘lchamdagi rangli fotosurat;

- pasport (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);

- ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat/sertifikat (agar mavjud bo‘lsa).

 

O‘qishga hujjat topshirish:

Elektron shaklda Oliy maktabning veb-sayti orqali amalga oshiriladi.