• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Loyiha boshqaruvi

Sadriddinov Baxtiyor

Badriddinovich

Kafedra mudiri

 

 

 

 

 

Shaxsiy fazilatlari: Yetuk mutaxassis, lider, spikerlik qobiliyatiga ega, salohiyatli rahbar, jamoat ishlarida faol, tashabbuskor, to‘g‘riso‘z, kasbdoshlariga mehribon va g‘amxo‘r, xushmuomala, kamtar, doimiy ravishda o‘z malakasini, ilmiy-nazariy saviyasini oshirish ustida qat’iyat va sabr-toqatli

Shaxsiy yutuqlari: 30 yildan ortiq Jahon banki, Yevropa Ittifoqi, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Norvegiya Tashqi ishlar vazirligi loyihalarida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida (transport, energetika, shaharsozlik, bojxona va boshqalar) ekspert va muvofiqlashtiruvchi (koordinator) sifatida ishlagan.

Qiziqishlari: sport, turizm va sayohat, ilmiy ommabop adabiyotlar

Kafedraning maqsadi: Turli soha va tarmoqlarda strategik investision loyiha va dasturlarni ishlab chiqish, operasion jarayonlarni samarali boshqaradishga qodir malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

Kafedraning vazifalari:

tinglovchilarga sifatli va samarali ta’lim berish asosida turli soha va tarmoqlarda strategik fikrlash qobilyati va tahlil qilish ko’nikmalariga ega bo’lish;

tinglovchilarda turli soha va tarmoqlarda operasion jarayonlarni samarali boshqarish va tegishli echimlar bera olish;

turli loyihalar bo’yicha xalqaro va mahalliy standartlar va usullar doirasidagi bilim va ko’nikmalariga ega bo’lish;

soha va tarqmoqlarni rivojlantirishda investision loyihalar boshqarish va xavf-xatarlarni tahlil qilish hamda bartaraf qilish konikmalariga ega bo’lish;

loyiha boshqaruvi hamda strategik/operasion menejment fanlarida yetakchi sanoat kompaniyalardagi jarayonlar va investision loyihalar asosida mashg’ulotlarni olib borish.

“Loyiha boshqaruvi” kafedrasi dinamik o’zgaruvchan bozor sharoitida loyihalarni samarali boshqarishga qodir yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda asosiy rol o’ynaydi. Kafedraning asosiy maqsadi tinglovchilarda loyihani boshqarish, jumladan goyani yaratish, rejalashtirish, bajarish, monitoring qilish va yakunlash bo’yicha har tomonlama ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Kafedraning vazifalari iqtisodiyot va biznes talablariga javob beradigan zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat. Haqiqiy misollar va vaziyatlardan foydalangan holda o’qitish orqali nazariy bilimlarni amaliy ko’nikmalar bilan birlashtirish muhim jihatdir. Shuningdek, kafedra golbal tendensiyalar va strategiyalarni tahlil qiqsh, yetakchi sanoat kompaniyalari bilan hamkorlik qilishga intiladi, tinglovchilarga amaliyot o’tash va qo’shma loyihalarda ishtirok etish imkoniyatini beradi.

Bundan tashqari, kafedra loyiha boshqaruvi bilan bo’liq fanlarning nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishga hissa qo’shishga intilib, loyihalarni boshqarish, boshqarish sohasida ilmiy tadqiqotlar bilan faol shug’ullanadi. Kafedra o’quv jarayonida innovatsiyalar va moslashuvchanlikni qo’llab-quvvatlash orqali tinglovchilarni mehnat bozorida raqobatbardosh bo’lishini ta’minlaydi, ularni turli sohalarda murakkab boshqaruv muammolarini hal qilishga tayyorlaydi.

Kafedrada otiladigan fanlar:

  • Loyiha boshqaruvi asoslari;
  • Amaliy loyihalar boshqaruvi;
  • Loyiha risklarini boshqarish;
  • Loyihalarni moliyalashtirish;
  • Strategik va operatsion menejment;
  • Raqamli loyiha boshqaruvi;
  • Startap loyihalarni boshqarish;
  • Yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish;
  • Biznesda davlat va xususiy sheriklik.