O’quv kursi loyihalarni tayyorlash va boshqarish bilan shug’ullanadigan o’rta va yirik davlat hamda tijoriy tashkilotlarning rahbarlariga mo’ljallangan.
O’quv kursining maqsadi – investitsion loyihalarni tayyorlash va boshqarish bilan shug’ullanadigan yuqori darajali davlat organlari va tijoriy tashkilotlar rahbarlarini bilimi, ko’nikmalari va mahoratlarini oshirish.
O’quv kursi vazifalari:
- investitsion loyihalar tuzilmasi va mohiyati to’g’risida aniq va izchil qarashlarni shakllantirish;
- loyihaning texnik – iqtisodiy asoslarini yaratishning moduli va usullari bilan tanishish;
- xalqaro investorlar uchun investitsion loyihaning taqdimotini tayyorlashning jihatlari yuzasidan bilim va ko’nikmalarni olish;
- Xalqaro, mahalliy va mintaqaviy investitsion forum, konferensiya va boshqa tadbirlar o’tqazishning asosiy jihatlarini o’rganish
O’quv kursi dasturi quyidagi mavzularni o’z ichiga oladi:
- investor qiziqishi va investitsion loyihaning hayotiy sikli;
- investitsion taklif va TEO loyihalarni tayyorlash;
- xalqaro investorlar bilan aloqa etikasi (munozara o’tqazish);
- Investitsion tadbirlarni samarali o’tqazish.
O’quv kursini yakunlagach bitiruvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: auditoriya ahamiyatini inobatga olgan holda loyihaning taqdimotini o’tqazish yo’llari; loyiha boshqaruvining obyekti va subyekti; investitsion loyihaning hayotiy sikli va fazalari; loyiha boshqaruvining bosqichlari va jarayonlari; loyiha jamoasi ishini boshqarish, reja qilish va tashkil qilishni o’rganish; samarali loyiha mezonlarini aniqlash, mezonlarni aniq loyihalarga qo’llash, kamchiliklarni aniqlash; qatnashchilar va ularning vazifa va majburiyatlarini aniqlash; loyiha TEO sini tuzish; loyihada jamoa bilan ishlash qobiliyati va loyiha hujjatlarini tahlil qilish.
O’quv shakli: (masofaviy o'qitish)
O’quv yuklamasi:
O’quv yuklamasi hajmi: 72 o’quv soati
Muddati: 10 kun
Yakuniy nazorat: test
Kurs yakunida davlat namunasidagi sertifikat beriladi
O’qish shartlari:
O’quv tili: rus tili
Tinglovchilar soni: 25-30 ta