Korporativ boshqaruvning zamonaviy amaliyoti va tamoyillari

Oquv kursi  “Korporativ boshqaruvning zamonaviy amaliyoti va tamoyillari” sertifikatini olish uchun yuqori va quyi tashkilot rahbarlarini, aksiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi a’zolarini va rahbarlarini imtihonga samarali tayyorlashga moljallangan.

Oquv kursi maqsadi – korporativ boshqaruv doirasida amaldagi qonunchilikni o’rganish, zamonaviy amaliy bilim va korporativ boshqaruv tamoyillarini yoritish, hamda aksiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi a’zolarini va rahbarlari va mutaxasislarini bilimlarini yanada mustahkamlash

Oquv kursi vazifasi – korporativ boshqaruvning rivojlanish asoslarini yoritish va o‘rganish, aksiyadorlik jamoyatlarini faoliyatini boshqarish va monitoring qilib borishni churn o‘rganish, korporativ boshqaruv tizimidagi investitsion loyihalarni boshqarish, o‘rganish, marketing reja va moliyaviy menejment asoslari doirasida bilimlarni ulashish.

Oquv kursi dasturi quyidagi mavzularni o‘z ichiga oladi:

  • Zamonaviy korporativ boshqaruv;
  • Korporativ boshqaruv tizimi va ichki nazorat;
  • Korporativ boshqaruv tizimida kuzatuv kengashi;
  • Korporativ moliya;
  • Investitsion loyihalarni boshqarish;
  • Korporativ strategiya va sifat menejmenti

Oquv kursini yakunlagach bitiruvchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar: korporativ boshqaruvning mohiyati va zarurligi; korporativ boshqaruvning modeli va barqarorligi; korporativ boshqaruvning zamonaviy tamoyili va mexanizmi; sifat menejment tizimi; korporativ boshqaruv modelining kamchiligi va fazilatlarini ajratish qobiliyati; kuzatuv kengashi a’zolarining vazifalarini aniqlash; loyihaning samaradorligi va xavfini baholash; korporativ strategiyani tuzish bosqichini aniqlash va farqiga borish; korporativ boshqaruv qarorlarida qonunchilikni to’g’ri yo‘sinda ishlatish qobiliyati; moliyaviy menejmentni instrumentlarini ishlatish qobiliyati; korporativ boshqaruv faoliyati samaradorligini baholash qobiliyati; xodimlarni boshqarish va “konfliktologiya” usullarini ishlatish texnikasini bilish;

Oquv shakli: kunduzgi, kunduzgi ish vaqtidan ajralgan holda, yoki masofaviy o‘quv texnologiyalaridan foydalangan holda.

Oquv  yuklamasi:

O‘quv yuklamasi hajmi: 40 auditoriya o‘quv soati

Muddati: 5 kun

Davomiylik: har kuni 09:00 dan 16:00 gacha

Oraliq nazorat: suhbat

Yakuniy nazorat: test (offlayn)

Kurs yakunida test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi

Oqish shartlari:

O‘quv tili: rus tili, o‘zbek tili
Tinglovchilar  soni:  25 ta

 

 

 

Hujjatlarni onlayn topshirish

Ilova qiling