O’quv kursi tashkilotni rivojlantirish maqsadida aniq investitsion loyihalarga qo’shimcha moliya oqimini yo’lga qo’ymoqchi bo’lgan tashkilot rahbarlari, tadbirkorlar yoki faoliyat yuritayotgan biznesini rivojlantirish maqsadida aylanma kapitalini to’ldirish, uskuna olib kirish maqsadida kredit olish yoki investitsiya olib kirishni reja qilgan tadbirkorlar; korxona yoki uning mintaqaviy bo’linmalari uchun rivojlanish loyihalarini (biznes rejalarni) mustaqil tayyorlaydigan korxona menejerlari (marketing va moliya mutaxasislari); aniq yoki kompleks investitsion loyihalar tahlili bilan shug’ullanuvchi investitsion korxonalar va kredit tashkilotlarining mutaxasislari uchun mo’ljallangan.
O’quv kursi maqsadi – tadbirkorlik, biznes, ishlab chiqarish yo’nalishlarida biznes – reja tuzish uchun kerakli bilim va ko’nikmalarni, biznes – rejalashtirish amaliyotini egallash maqsadida qatnashchilarga yetarlicha amaliy va nazariy bilimlarni o’rganish.
O’quv kurs vazifalari – biznesni rejalashtirish yo’nalishida yetarlicha amaliy va nazariy bilimlarni egallash, qo’yilgan maqsadga erishish uchun to’g’ri yo’lni tanlashni o’rganish
O’quv kurs dasturi quyidagi mavzularni o’z ichiga oladi:
- Korporativ boshqaruvga kirish;
- Biznes – rejalashtirishga kirish. Loyiha boshqaruv konsepsiyasi;
- Biznes – rejalashtirishning nazariy – metodologik asoslari;
- Loyiha oldi o’rganish va texnik loyihalashtirish;
- Biznes – reja: asosiy bo’linmalarining tarkibi va tuzilmasi
O’quv kursini yakunlagach bitiruvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: zamonaviy biznes – rejaning nazariy asoslari; biznes – reja tuzishning metodikasi; biznes – reja tuzishning usullari texnik yondashuvi; iqtisodiyotdagi, texnikadagi, texnologiyadagi zamonaviy o’zgarishlarni o’z faoliyatida ishlatish; aniq biznes turini farqli jihatlarini aniqlash va ularning tashqi va ichki holatga nisbatan xususiyatlari; aniq vaziyatdan kelib chiqqan holda metodologik va texnik yondashuvni tanlash; pul mablag’lariga va kapitalga bo’lgan ehtiyojni aniqlash; amaliyotda biznes - reja asoslarini qo’llash; biznes – rejani mustaqil tuzish; biznes – rejani samaradorliligini va ishonchliligini isbotlash, ko’rsatish va taqdim etish; ish faoliyatida zamonaviy innovatsiyalarni ishlatish.
O’quv shakli: kunduzgi, kunduzgi ish vaqtidan ajralgan holda, yoki masofaviy o’quv texnologiyalaridan foydalangan holda.
O’quv yuklamasi:
O’quv yuklamasi hajmi:40 auditoriya o’quv soati
Muddati: 5 kun
Davomiylik: har kuni 09:00 dan 16:00 gacha
Oraliq nazorat: suhbat
Yakuniy nazorat: test
Kurs yakunida davlat namunasidagi sertifikat beriladi
O’qish shartlari:
O’quv tili: rus tili
Tinglovchilar soni: 20-25 ta