• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

PERSONALNI BOSHQARISH (HR MENEJER)

O‘quv kursi ishlab chiqaruvchi tashkilot, korxona va kichik korxonalardagi kadrlar bo’limi xodimlari; HR-menejer sifatida ishlash niyatida bo’lgan boshqa soha mutaxasislari; “Menejment” yo’nalishidagi Oliy ta’lim muassasining yakuniy bosqichida ta’lim olayotgan talabalarga mo’ljallangan.

O‘quv kursi maqsadlari – Korxona va tashkilotlar uchun xodimlar boshqaruvi sohasida zamonaviy texnologiyalarda va O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi yuzasidan huquqiy bilimga ega kadrlarni tayyorlash

O‘quv kurs vazifalari:

  • mehnat qonunchiligini nazariy va amaliy asoslarini o’rganish;
  • xodimlarni tanlash va ularni moslashtirish texnologiyalari tushunchasini hosil qilish;
  • kadrlar xizmatini tashkil qilishda tajriba orttirish;
  • Inson resularini rivojlanish imkoniyati potensialini aniqlash.

O‘quv kurs dasturi quyidagi mavzularni o’z ichiga oladi:

  • Mehnat qonunchiligi asoslari;
  • Xodimlarni tanlash va ularni moslashtirish texnologiyalari;
  • Xodimlarga baho berish;
  • Inson resurslarini rivojlantirish
  • Kadrlar ishini tashkillashtirish.

Oquv kursi yakunida bitiruvchilar quyidagilar borasida bilim va ko’nikmaga ega bo’ladilar: inson resurslarini boshqarishning asosiy omillari; tashkilotda xodimlarni boshqarishning zamonaviy moyilliklari, asosiy vazifalari, modeli va usullari; mehnat qonunchiligining asoslari; inson resulari boshqaruvining asosiy ustuvor tuzilmasini aniqlay bilish; zamonaviy kadr menejmentini yo’nalishi va moyilligini tahlil qilish; mehnat shartnomalari va fuqarolik shartnomalarini farqiga borish; mehnat shartnomalarini tuzish va ularni bekor qilish; inson resurslarini boshqarishning usuli va modellari bo’yicha kerakli mahoratga ega bo’lish; korxonaga xodim qabul qilish va ularni baholash usullari; xodimlarni ruhlantirish (motivatsiya berish) sistemasining asosiy tamoyillari; trening o’tqazishda vakolatlarni tuzish usullari.  

Oquv shakli: online/offline

O’quv  yuklamasi:

O’quv yuklamasi hajmi: 40 auditoriya o’quv soati
Muddati: 5 kun
Kurs muvaffaqiyatli yakunlangach davlat namunasidagi sertifikat beriladi

O’qish shartlari:
O’quv tili: rus tili, o’zbek tili
Tinglovchilar  soni:  15-30 ta

Hujjatlarni onlayn topshirish

Ilova qiling