O’quv kursi boshqaruvni samaradorligini oshirish maqsadida moliyaviy tahlil usullarini to’laqonli o’rganishni reja qilayotgan o’rta va yuqori tashkilot rahbarlari va tadbirkorlarga mo’ljallangan.
O’quv kursi maqsadi – tashkilot faoliyatini to’liq diagnostikadan o’tkazish metodologiyasini va moliyaviy tahlil o’tkazishni o’rganish
O’quv kursi vazifalari:
- tashkilotning faoliyatini to’liq tahlil qilish qobiliyatini shakllantirish;
- tashkilotning moliyaviy ko’rsatkichlarini tahlil qilishni o’rganish;
- Moliya manbaasi va uning qiymati borasida to’g’ri yo’nalish olishga yordam berish;
- Excel da ishlash qobiliyatini shakllantirishi.
O’quv kursi dasturi quyidagi mavzularni o’z ichiga oladi:
- Moliyaviy tahlilning maqsadi va usullari;
- Moliyaviy hisobotning tuzilmasi;
- Moliyaviy koeffitsientni asosiy guruxlari;
- Amaldagi tashkilotning bankrotlik darajasini moliyaviy tahlili.
O’quv kursini yakunlagach bitiruvchi quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladi: moliyaviy tahlilning asosiy tushunchalari va yondashuvlari, ularni amalda qo’llanishi; moliyaviy tahlilni asoslari; moliyaviy hisobotni tuzilmasi; tashkilotda strategik auditning mohiyati; moliya manbaasi va uning qiymati borasida to’g’ri yo’nalish olish; asosiy moliyaviy ko’rsatkichlarni hisoblash va talqin etish; Moliyalashtirish shartlarini va manbaani hisobga olgan holda, loyihaning qiymatini optimallashtirish; tashkilotning moliyaviy faoliyatiga to’liq yondashish; tashkilotning moliyaviy ko’rsatkichlarini tahlil qilish qobiliyati; moliyaviy ko’rsatkichlarni hisoblashda Excel dasturidan erkin foydalanish; taxminiy balans tuzish.
O’quvh tartibi: kunduzgi, kunduzgi ish vaqtidan ajralgan holda, yoki masofaviy o’quv texnologiyalaridan foydalangan holda.
O’quv yuklamasi:
O’quv yuklamasi hajmi: 48 auditoriya o’quv soati
Muddati: 6 kun
Davomiylik: har kuni 09:30 dan 16:00 gacha
Yakuniy nazorat: test
Kurs yakunida davlat namunasidagi sertifikat beriladi
O’qish shartlari:
O’quv tili: rus tili, o’zbek tili
Tinglovchilar soni: 20-25 ta