• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

KORXONANING INQIROZGA QARSHI BOSHQARUVI

Oquv kursi yuqori va quyi tashkilot rahbarlari, strategik menejer/rahbarlar, tashkilot bo’lim hamda tarkibiy bo’linmalar boshliqlari, davlat xodimlari, inqirozga qarshi tadbirlar ma’sullari, risk menejelar, inqirozga qarshi boshqaruvchilar, ichki nazorat xodimlari, ichki auditorlar hamda biznes-protsesslarni optimallashtirish mutaxasisslari uchun mo’ljallangan.

Oquv kurs maqsaditashkilot raqobatbardoshliligini hamda moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida barcha ishlab chiqarish faktorlarini maksimal darajada ishlatish uchun zamonaviy inqirozga qarshi boshqaruv metodlarini o’rganish, hamda menejmentning barcha turlarini, masalan inson faoliyatini barcha imkoniyatlarini boshqarishni teoretik hamda amaliy turlari kabilarni to’liq o’rganish.

Oquv kursi vazifasi:

  • tashkilot rivojlanish tendensiyasida vujudga keladigan barcha turdagi inqirozlarni kelib chiqishi, sababi va omillarini, inqiroz vaqtida davlat tomonidan boshqaruvini, tashkilotning inqirozga qarshi boshqaruvidagi strategiyasi hamda taktikasini o’rganish;
  • tashkilotda to’lov qobiliyatsizlik va bankrotlik vujudga kelishini iqtisodiy asoslarini, inqirozga qarshi boshqaruvdagi inson faktorining rolini va bankrotlikning asosiy tartiblarini o’rganish;
  • tashkilotning imkoniyatsizligi (bankrotliligi) borasidagi amaldagi huquqiy/qonuniy nazariyasi, tashkilotning to’lov imkoniyatlarini qaytarishdagi zamonaviy yondashuvlarini o’rganish.

Oquv kursi dasturi quyidagi mavzularni qamrab olgan:

  • Tashkilotda inqirozning kelib chiqish sabablari;
  • Inqirozga qarshi boshqaruvning normativ-huquqiy aspektlari;
  • Inqirozga qarshi boshqaruv mexanizmlari va tashkilotni qayta tashkil etish (davolash) tartiblarini boshqarish sistemasi
  • Tashkilotning inqirozga qarshi boshqaruvidagi moliyaviy aspektlari
  • Inqirozga qarshi boshqaruvning strategiyasi va taktikasi
  • Tashkilotning inqirozga qarshi chidamliligini oshirishning mexanizmlari va innovatsiya
  • Inqirozga qarshi boshqaruvning inson omillari
  • Tavakkallikdagi inqirozga qarshi boshqaruv
  • Tashkilotlarda bankrotlik alomatlari

Oquv kursini yakunlagach bitiruvchilar quyidagilar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishlari kerak: inqirozning kelib chiqishi; inqirozga qarshi boshqaruvning normativ – huquqiy bazalari; tashkilot holatini tekshirishning asosiy omillari va tartiblari; inqirozga qarshi boshqaruvning mexanizmlari; inqirozga qarshi boshqaruvning mexanizmlari va usullarini ishlatish; inqirozga qarshi boshqaruvning strategik va taktik yondashmalarini tajribada ishlata olish qobiliyati; inqirozga qarshi strategiya modelini ishlab chiqish; teoretik bilimlarni amalda qo’llash; sotsial-iqtisodiy o’sishdagi inqirozning ma’lumotlar bazasini yig’ish, tahlil qilishda zamonaviy usullarni qo’llash.

Oquv shakli: kunduzgi, kunduzgi ish vaqtidan ajralgan holda, yoki masofaviy o’quv texnologiyalaridan foydalangan holda.

Oquv  yuklamasi:

O’quv yuklamasi hajmi: 8040 auditoriya o’quv soati
Muddati: 5 kun
Davomiylik: har kuni 09:00 dan 16:00 gacha
Oraliq nazorat: suhbat
Yakuniy nazorat: test

Kurs yakunida davlat namunasidagi sertifikat beriladi

Oqish shartlari:

O’quv tili: rus tili, o’zbek tili
Tinglovchilar  soni: 25-30 ta

Hujjatlarni onlayn topshirish

Ilova qiling