
O’quv kursi mijoz, hamkor, yetkazib beruvchi, raqobatchi bilan muzokara olib boradigan o’rta va yuqori tashkilot menejer va rahbarlari, hamda, ish faoliyatidan qat’iy nazar muzokara olib borish zarur bo’lgan xodimlarga mo’ljallangan.
O’quv kursi maqsadi – biznes – muzokaralar olib borish qobiliyatini va muzokara vaqtida bosim va ta’sir o’tqazayotgan vaqtda psixologik bilim orqali qanday harakatlar qilishni o’rganish
O’quv kurs vazifalari:
- Biznes – muzokara olib borish va unga tayyorlanish asoslarini o’rganish;
- Muzokara vaqtida aql va bosiqlik bilan gaplashishning amaliy qobiliyatlarini rivojlantirish
- Vaziyatga moslashgan holda, muzokara taktikasi va strategiyasini tanlashni o’rganish
- Samarali muloqot va professional ta’sir o’tkazishning psixologik texnologiyalarini o’rganish
- Muloqot vaqtida yuzaga keladigan ijtimoiy – psixologik hodisalarni o’rganish
O’quv kursi dasturi quyidagi mavzularni o’z ichiga oladi:
- O’zbekiston Respublikasi sharoitida samarali muzokara olib borish sirlari;
- Muzokara turlari va ularni tashkil qilishning bosqichlari;
- Tashqi iqtisodiy faoliyatda samarali muzokaralar;
- Samarali muzokaralarning asosiy tamoyil va usullari;
- Biznes suhbatning psixologik asoslari;
- Muzokara olib borayotganlarning psixologik barqarorligi.
O’quv kursini yakunlagach bitiruvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: biznes muzokaralarni o’tqazish va unga tayyorgarlik ko’rishning asosiy bosqichlari, muzokara jarayonining psixologik bilimlarining ilmiy nazariy asoslari, muzokara jarayonida qatnashchilarning xulqlarini psixologik jihatlari; imtiyozlarni minimallashtirish qobiliyati va muzokaralardan samaralari natija olish, muzokara qatnashuvchilarining ijtimoiy – psixologik holatini aniqlash, hamda suhbatdoshga psixologik bosim o’tqazish qobiliyati; suhbat psixologiyasida aloqa mahorati, muzokara qatnashuvchilarining psixologik tabiatini diagnostika qilish, hamda u yoki bu holatga mos keladigan samarali muzokara taktikasi va strategiyasini tanlash.
O’quv shakli: kunduzgi, kunduzgi ish vaqtidan ajralgan holda, yoki kechgi, ish vaqtidan ajralmagan holda.
O’quv yuklamasi:
O’quv yuklamasi hajmi: 36 o’quv soati (shundan 24 auditoriya o’quv soati)
Muddati va davomiyligi: 09:00 dan 16:00 gacha 3 kun muddatga yoki 18:00 dan 21:00 gacha 6 kun muddatga
Oraliq nazorat: suhbat
Yakuniy nazorat: test
Kurs yakunida davlat namunasidagi sertifikat beriladi
O’qish shartlari:
O’quv tili: rus tili
Tinglovchilar soni: 20-25 ta
Kofe – breyk va obed o’quv narxiga kiritilgan
Narxi: 1 007 549 so’m