• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

YOSHLARNI KASB HUNAR VA TADBIRKORLIK KO’NIKMALARIGA O’QITISH

“YOSHLARNI KASB HUNAR VA TADBIRKORLIK KO’NIKMALARIGA O’QITISH”

mavzusidagi o‘quv kursining

O’QUV DASTURI

O’quv kursi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida yoshlar uchun.

O’quv kursining maqsadi yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va boyitish hisoblanadi.

O’quv kursi vazifalari:

- Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish tizimining mohiyatini ochib berish;

- Yoshlar tadbirkorlik faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslari bilan tanishtirish;

- Biznes-reja tuzishni o‘rgatish;

- Tadbirkorlik sub’ektlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish amaliyoti bilan tanishtirish;

- Banklar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash tartibini o‘rgatish;

- Tadbirkorlik sub’ektlariga eksport va import operatsiyalarini amalga oshirish tartibini o‘rgatish;

- Tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish amaliyoti bilan tanishtirish.

O’quv kurs dasturi quyidagi mavzularni o’z ichiga oladi:

  • O‘quv-amaliy seminar mavzusi taqdimoti;
  • Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish tizimi;
  • Yoshlar tadbirkorlik faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslari;
  • Xom-ashyo va resurslardan foydalanish huquqini olish. Davlat va korporativ xaridlarda tadbirkorlik sub’ektlarining ishtiroki;
  • Biznes-reja tuzish va uning ko‘rsatkichlarini ishonchliligini baholash;
  • Tijorat banklarida milliy va xorijiy valyutalarda hisobvaraqlarni ochish va ularni yuritish tartibi;
  • Tadbirkorlik sub’ektlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish;
  • Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash amaliyoti;
  • Tadbirkorlik sub’ektlarining eksport va import operatsiyalari;
  • Tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortish;
  • Tadbirkorlik faoliyatini yuritishda sug‘urta turlarining ahamiyati;
  • Yoshlar tadbirkorligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
  • Muvaffaqiyatli tadbirkorlardan biznesni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha master-klass;
  • Amaliy va situatsion masalalar yechish;
  • Amaliy va situatsion masalalar yechish;
  • Tinglovchilar bilimini test savollari orqali baholash. Sertifikatlarni topshirish.

O’quv shakli kunduzgi, kunduzgi ish vaqtidan ajralgan holda

O’quv yuklamasi: 40 auditoriya o’quv soati

Muddati: 5 kun, har kuni 09:00 dan 16:00 gacha

Oraliq nazorat: suhbat

Yakuniy nazorat: test

Kurs yakunida davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

O’qish shartlari:

O’quv tili: rus tili, o’zbek tili

Tinglovchilar soni:  20-25 ta

 

Hujjatlarni onlayn topshirish

Ilova qiling