• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

KORPORATIV BOSHQARUV: TAMOYIL VA AMALGA OSHIRISH MEXANIZMLARI

O’quv kurs o’rta va yuqori biznes tashkilotlari, ularning tarkibiga kiruvchi mintaqaviy tashkilotlar mutaxasislari va rahbarlariga; o’rta va yuqori o’z hisobiga ega davlat tashkilotlari va ularning mintaqaviy tashkilotlarining mutaxasislari hamda rahbarlariga mo’ljallangan.

O’quv kursi maqsadi – ushbu soha eshituvchilarini korporativ boshqaruvning asosiy bilimlari, korporativ boshqaruvning tizimi mohiyati, asosiy tamoyillari va mexanizmlari, hamda korporativ boshqaruvni sistemasini yo’lga qo’yish bilimlari, professional vakolat darajasini oshirish yuzasidan ko’nikmalarini to’liq rivojlantish hisoblanadi.    

O’quv kursi vazifasi O’zbekiston Respublikasi korporativ boshqaruv asoslari bo’yicha normativ – huquqiy hujjatlarini, korporativ boshqaruvni zamonaviy usullarini, aksidayorlik jamiyatlari boshqaruv organlarini, faoliyatni tahlil qilish va boshqarish mexanizmlarini, korporativ boshqaruv sistemasining moliyaviy va marketing asoslarini, korporativ institutlarning strategiyasini tuzish va aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga investitsiya olib kirishni, moliyaviy tahlil asoslari, korporativ tashkilotlarda aloqa vositalarini rivojlantirishni o’rganish.    

O’quv kursi dasturiga quyidagilar kiradi:

  • Korporativ boshqaruvning huquqiy asosi, maqsadi, prinsipi, modeli va mexanizmi;
  • Korporativ boshqaruv organlarining strukturasi, vakolatlari, vazifalari va majburiyatlari;
  • Kuzatuv kengashining vakolatlari, funksiyalari, vazifalari va majburiyatlari.
  • Auditor tashkilotlari va korporativ maslahatchilarning asosiy funksiyalari va majburiyatlari. Tashkilotning samaradorligini baholash mexanizmi;
  • Xodimlarni boshqarish asoslari, korporativ madaniyat konsepsiyalari, korporativ nizolar va ularni yengib o’tish yo’llari;
  • Moliyaviy menejment va marketing, xalqaro moliyaviy hisobot (MSFO), dividend politikasi va soliqqa tortish, Marketing, emissiya va kredit bozori sharhi.

O’quv kursi yakunlangach bitiruvchi O’zbekiston Respublikasida korporativ boshqaruvning asosiy qonun qoidalari; korporativ boshqaruvni mohiyati, maqsadi, vazifasi va prinsiplari, hamda korporativ boshqaruv organlari, tarkibiy tuzilishi va modeli; moddiy va nomoddiy aktivlar: moliyaviy, mehnat va aloqa vositalari, korporativ boshqaruv vositalari; nizolarni boshqarish, menejment, marketing va moliyaviy boshqaruv asoslari; zamonaviy axborot – aloqa texnologiyalari; boshqaruv qarorlarini tuzish, qabul qilish va tadbiq etish asoslari va ularning ijtimoiy – iqtisodiy samaradorligi; korporativ boshqaruvni samara ko’rsatkichlari, tashkilotning investitsion jozibadorligining iqtisodiy mezonlari va xavflari; korporativ boshqaruvni usullari, mexanizmlari va organlarini farqlay olishlari; korporativ boshqaruvning tuzilmasi va modelini tasniflash; korporativ boshqaruvni asoslovchi hujjatlarini, normativ – huquqiy va qonuniy hujjatlarini to’g’ri talqin qilish; tashkilotning tarkibiy tuzilmasini optimallashtirish yuzasidan qabul qilingan boshqaruv qarorini izohlash; korporativ boshqaruvning holati yuzasidan kerakli hujjatlarni va hisobotlarni tuzish; boshqaruv qarorlarinig samarasini, qarorlarni bajarish baholashni va xavf darajasini aniqlash; korporativ boshqaruvni samaralik ko’rsatkichini va hisobotni ishlab chiqish; korporativ boshqaruv doirasida qonun normalarini to’g’ri ishlatish qobiliyati; moliyaviy menejment vositalarini to’g’ri ishlatish; korporativ boshqaruvning faoliyatini samaradorligini baholash qobiliyati; xodimlarni boshqarish va nizolarni boshqarish vositalarini ishlatish asoslari; korporativ boshqaruv usuli va mexanizmlarini professional boshqarish; sifat boshqaruvini xalqaro standartlarini kiritish; korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish yuzasidan strategiya ishlab chiqish yuzasidan kerakli bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar.    

O’quv shakli: kunduzgi, kunduzgi ish vaqtidan ajralgan holda, yoki masofaviy o’quv texnologiyalaridan foydalangan holda.

O’quv  yuklamasi:
O’quv yuklamasi hajmi: 56 auditoriya o’quv soati
Muddati: 7 kun
Davomiylik: har kuni 09:00 dan 16:00 gacha
Oraliq nazorat: suhbat
Yakuniy nazorat: test
Kurs yakunida davlat namunasidagi sertifikat beriladi

O’qish shartlari:
O’quv tili: rus tili, o’zbek tili
Tinglovchilar  soni: 25-30 ta

Hujjatlarni onlayn topshirish

Ilova qiling