
O’quv kursi xodimlarni boshqarish mutaxasislari, bo’lim hamda department boshliqlari, tizim tashkilotlari rahbarlari, o’rta va yuqori tashkilot menejerlari, hamda, rahbarlik lavozimida rezervda turgan xodimlar uchun mo’ljallangan.
O’quv kursi maqsadi – zamonaviy mehnat bozorining asoslari haqida psixologik bilimlarni va iste’dodli kadrlarni o’zlashtirish tartibini amaliy jihatlarini shakllantirish, hamda, psixodiagnostika elementlari yordamida psixologik portretni tuzish qobiliyatini shakllantirish;
O’quv kurs vazifalari:
- tashkilotga iste’dodli xodimlarni tanlab olishda zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni rivojlantirish;
- professional psixologik tanlovni o’tkazish uchun tanlash metodikasi texnologiyasi to’g’risida tizimli bilimni shakllantirish;
- Psixologik bilimlarga asoslangan zamonaviy tashkilotlar tomonidan foydalaniladigan xodimlarni tanlashda, ularni baholashda asosiy jarayonlardan o’tish qobiliyatini shakllantirish;
O’quv kursi dasturi o’z ichiga quyidagi mavzularni oladi:
- Iste’dodli xodimlarni tanlash, saqlash va rivojlantirish strategiyasi;
- Xodimning psixologik portreti;
- Xodimning professional va psixologik jihatlarini baholash.
O’quv kursni yakunlagach bitiruvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: “iste’dod” va “qobiliyat” tushunchalarining farqi; xodimlar tanlash mexanizmining asosi, iste’dodli xodimlarni qidirish strategiyasi, shaxs tuzilishida psixologik bilimning davomiyligi; xodimlar tanlashda ularning iste’dodini aniqlashni bilish, ilmiy bilimlari asosida psixologik portretini yasash, qo’l ostidagilarni xulqini bashorat qilish; shaxsning psixologik tahlilini tuzish qobiliyati, samarali xodimning psixologik portretini tuzishdagi ilmiy qo’llanmani amalda qo’llash qobiliyati.
O’quv shakli: kunduzgi, kunduzgi ish vaqtidan ajralgan holda, yoki kechki, ish vaqtidan ajralmagan holda
O’quv yuklamasi:
O’quv yuklamasi hajmi: 36 o’quv soati (shundan, auditor 24 oquv soati)
Davomiylik: 09:00 dan 16:00 gacha 3 kun mobaynida yoki 18:00 dan 21:00 gacha 6 kun mobaynida
Oraliq nazorat: suhbat
Yakuniy nazorat: test
Kurs yakunida davlat namunasidagi sertifikat beriladi
O’qish shartlari:
O’quv tili: rus tili
Tinglovchilar soni: 15-20 ta
Kofe-breyk va obed o’qish narxiga kiritilgan.
Narxi: 1 650 000 so’m