• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

SUD BOSHQARUVCHILARINI BOSHQARISH KURSI

Oquv kursi oliy ma’lumotga ega va o’z yo’nalishi bo’yicha kamida ikki yil idoralarida ishlab kelayotgan mutaxasislar yoki sud boshqaruvchilarini tayyorlash tashkilotlarida rahbar lavozimida ishlab kelayotgan mutaxasislar uchun mo’ljallangan.

Oquv kursi maqsadi – tashkilotning inqirozga qarshi boshqaruvi jarayonida sud boshqaruvchilari sifatida mutaxasislarga to’liq kompleks ma’lumot berish va qarzdor – tashkilotning moliyaviy barqarorlashuvi (davolanish) jarayoni haqida tushunchalar berish 

O’quv kursi vazifalari:

  • kuzatuvchilarda professional bilimlarni shakllantirish;
  • tashkilot faoliyatidagi moliyaviy ko’rsatkichlarni tahlil qilish;
  • qiyin vaziyatlarda to’g’ri yo’nalish tanlashga va to’g’ri qaror qabul qilishga yordam berish

Oquv kurs dasturi quyidagi mavzularni o’z ichiga oladi:

  • Sud boshqaruvchilari faoliyatini huquqiy qo’llab – quvvatlash;
  • Sud boshqaruvi jarayonida buxgalter hisoboti va moliyaviy tahlil o’tqazish;
  • Sud boshqaruvi obyektlarini baholash;
  • Inqiroz tashkilotining boshqaruvi

Oquv kursini yakunlagach bitiruvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: sud boshqaruv faoliyatida ishlatiladigan normativ – huquqiy hujjatlar; professional vazifalarni bajarishda to’g’ri yo’l tanlash; tijorat subyektidagi holatni to’g’ri tahlil qilib, munosib yechim topish qobiliyati

Oquv shakli: kunduzgi, kunduzgi ish vaqtidan ajralgan holda, yoki masofaviy o’quv texnologiyalaridan foydalangan holda.

O’quv  yuklamasi:

O’quv yuklamasi hajmi: 120 auditoriya o’quv soati
Muddati: 16 kun
Davomiylik: har kuni 09:00 dan 16:00 gacha

Oraliq nazorat: suhbat

Yakuniy nazorat: test

Kurs yakunida davlat namunasidagi sertifikat beriladi

O’qish shartlari:

O’quv tili: rus tili, o’zbek tili
Tinglovchilar  soni: 20-25 ta
Narxi: 4 200 000 so’m

1 700 000 so’m (5 kun, 30 auditoriya o’quv soati)

Hujjatlarni onlayn topshirish

Ilova qiling