“KAMBAG’ALLIKNI ANIQLASH MEZONLARI VA UNI QISQARTIRISH: ILG’OR TAJRIBA VA ZAMONAVIY MEXANIZMLAR”
mavzusidagi o‘quv kursining
O’QUV DASTURI
O’quv kurs dasturi quyidagi mavzularni o’z ichiga oladi:
- Kambag‘allikning mazmun-mohiyati va darajasi;
- Aniqlanadigan kambag‘allik darajasi, uning aniqlash mezonlari. Xalqaro amaliyot bilan taqqoslash. Kambag‘allikning oqibatlari;
- Mamlakatimiz qishloq tumanlarida kambag‘allikni yuzaga keltiruvchi asosiy sabablar va omillar tahlili;
- Buka va Chinoz tumanlarida kambag‘al oilalar: holati, mavjud muammolar va belgilangan chora-tadbirlar;
- Aholini yashash minimumi va minimal is’temol savatchasini aniqlash, ijtimoiy himoya, minimal ijtimoiy standartlar tushunchasi;
- Kambag‘allikni kamaytirishda aholining kasb-hunar egallashi va kasbiy tayorgarlikni oshirish yo‘llari;
- Ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish tarmoqlarida tadbirkorligini rivojlantirish yo‘llari (oilaviy biznes, yirik korxonalar bilan hamkorlik, kasanachilik va boshqalar. Bunda ayollar va yoshlarni ish bilan ta’minlash chora-tadbirlari);
- Kambag‘al oilalarni (nogironlar, nafaqaxo‘rlar, ko‘p bolaliklar, yosh oilalar va boshqalar) ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
- Kambag‘al oilalarga ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish;
- Kambag‘allikni qiskartirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yo‘llari;
- Kambag‘al oilalar bilan ishlashning zamonaviy va samarali usullari.
O’quv shakli kunduzgi, masofaviy
O’quv yuklamasi: 24 auditoriya o’quv soati
Muddati: 3 kun, har kuni 09:00 dan 16:00 gacha
Oraliq nazorat: suhbat
Yakuniy nazorat: test
Kurs yakunida davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
O’qish shartlari:
O’quv tili: rus tili, o’zbek tili
Narxi: 1 200 000 so’m
600 000 so’m (hudud)