O’quv kursi oliy ma’lumotga ega, hamda baholash faoliyati bilan bog’liq qo’shimcha yo’nalishga ega bo’lishga qiziqayotgan mutaxasislar uchun mo’ljallangan.
O’quv kursining maqsadi – mutaxasislarda baholash faoliyati bilan xalqaro tajribaga javob beradigan professional shug’ullanishlari uchun yetarli bo’lgan asosiy malakani ya’ni, ularda nazariy – metodologik bilimlarni, amaliy tajribani va vakolatga ega bo’lishlarini shakllantirish.
O’quv kursining vazifasi baholash xizmatini amalga oshirayotgan bozorda va davlatni iqtisodiyotini rivojlanishi talablarga javob beradigan hamda baholash faoliyati bilan professional shug’ullana oladigan kadrlarni qayta tayyorlash.
O’quv kursining dasturi o’z ichiga quyidagi mavzularni oladi:
- Baholash maydoni: qonunchilik bazasi, nazariy asoslari va baholash obyektini aniqlash
- Matematik apparat, asoslari: baholash faoliyatida olib boriladigan moliya va boshqaruv hisoboti, soliq to’lovlari, tahlili.
- Ko’char va ko’chmas mulkni baholashning asosi va amaliyoti
- Intellektual mulk va nomoddiy aktivlarni baholashning asosi va amaliyoti
- Biznesni baholashning asosi va amaliyoti
O’quv kursini yakunlagach bitiruvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: O’zbekiston Respublikasida baholash faoliyati qonunchiligi; O’zbekiston Respublikasi hududida baholash faoliyati standartlari; baholash maqsadlar va qiymati turlari; ko’char, ko’chmas mulk va biznesning baholash obyekti sifatidagi xususiyatlari, baholash obyekti qiymatini chiqaradigan omillari; baholash foliyatini olib borishdagi shartnoma qonuniyligi, baholash rejasini tuzish; baholash maqsadidan kelib chiqqan holda qiymatni turlarini aniqlash; maqsaddan kelib chiqib qiymat turlarini aniqlash; baholash natijalari bo’yicha hisobot va uning ilovalarini tayyorlashda qonunchilik hujjatlari bilan ishlash qobiliyati; “foyda”, “kelgusidagi foyda”, chegirma darajasi”, “kapitalizatsiya darajasi”, “multiplikator”, “eskirish (foydalanish)” va hokazo ko’rsatkichlar yordamida obyekt qiymatini chiqarish qobiliyati.
O’quv shakli: kunduzgi, kunduzgi ish vaqtidan ajralgan holda, yoki masofaviy o’quv texnologiyalaridan foydalangan holda.
O’quv yuklamasi:
O’quv yuklamasi hajmi: 600 auditoriya o’quv soati
Muddati: 56 kun
Davomiylik: har kuni 09:00 dan 18:00 gacha
Oraliq nazorat: suhbat, test
Yakuniy nazorat: imtixon
Kurs yakunida davlat namunasidagi sertifikat beriladi
O’qish shartlari:
O’quv tili: rus tili, o’zbek tili
Tinglovchilar soni: 25-30 ta