Men ishbilarmon odamman va ish ko'p vaqtimni oladi. Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi menga biznesni yanada samarali olib borish, maqsadga erishishda yangi imkoniyatlarni ochib berdi. Qulay o'quv jadvali va o'qitish uslubi menga ish va o'qishni bir vaqtda olib borish imkonini berdi. Men "Loyiha boshqaruvi" mutaxassisligi bo'yicha deyarli bir yil o'qidim va shu sohada juda ko'p amaliy bilimlarga ega bo'ldim. Ayni damda O'zbekistonda katta islohotlar davrida qo'yilgan muhim vazifalarni a'lo darajada bajarishga qodir zamonaviy rahbarlarni tayyorlaydigan Oliy maktab mavjudligidan juda mamnunman. Men Oliy maktabning professor-o'qituvchilariga va hamkasblarimga samarali o'qish va shu vaqt oralig'ida olgan professional tajribam uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman!
Zamonaviylikning asosiy talablaridan biri shiddatli o'zgarishlar davrida raqobatbardoshlikka erishish va uni saqlab qolishdir. Shu nuqtai nazardan, loyihalarni boshqarish, strategik rejalashtirish, tizimli tahlil sohasida fundamental bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgan menejerlarning roli kengaymoda. Oliy maktabning magistrlik dasturi yangi avlod menejerlarini tayyorlashga qaratilgan. Bunga iqtidorli professor-o'qituvchilar tarkibi, o'quv dasturining boyligi va chet ellik amaliyotchilarning mahorat darslari yordam beradi. Oliy maktab - bu iqtisodiyotning turli soha vakillari tahsil oladigan muhit va turli xil bilim sohalari va innovatsion g'oyalar shakllanadigan maxsus maskan.