“Fintech kelajagi biz bilan” startap loyihalar tanlovi
2024-yil 17-oktyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida mazkur universitet talabalari uchun “Fintech kelajagi biz bilan” startap loyihalar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning maqsadi respublikada iqtisodiyotni rivojlantirish va moliyaviy xizmatlar sifatini yaxshilashga hissa qo‘shadigan yoshlarning moliyaviy texnologiyalar sohasidagi innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Tadbirda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi vakili G‘afurjon Usmanov, moliyaviy texnologiyalar loyihalarini baholash bo‘yicha ekspertlar tarkibida ishtirok etdi.
Tanlov yosh startap g‘oya tashabbuskorlarining bank-moliya sohasida FinTech texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy bilimlarini namoyish etish uchun o‘ziga xos platformaga aylandi.