• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Muhim yangiliklar

STARTAP MENTORLAR TAYYORLASH BO‘YICHA DASTUR

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) loyihasi doirasida startap mentorlar (murabbiylar)ni tayyorlash bo‘yicha amaliy trening o‘tkazadi.

Ushbu trening Koreya Respublikasining yetakchi  ekspertlari ishtirokida 2024-yil 28 - oktabrdan 1-noyabrgacha Samarqand shahrida o‘tkaziladi.

Mazkur 5 kunlik trening davomida ishtirokchilar startap loyihalarni ishlab chiqish, maqsadli iste’molchilarni aniqlash, qiymat taklifini yaratish, shuningdek, biznes loyihalarini boshqarishda startaplarga amaliy maslahatlar berish uchun Kanvas biznes modeli metodikasidan foydalanish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

Trening yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi. Trening o‘zbek-ingliz tillarida sinxron tarjima bilan o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar soni cheklangan.

Treningda ishtirok etish uchun 2024-yil 10-oktabrga qadar ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Ro‘yxatdan  o‘tish

Sana: 2024-yil 28 - oktabr 1-noyabr

Vaqt: 09:00-13:00

Telefon: +998 71 239 03 27

Manzil: Samarqand shahri, Spitamen ko‘chasi, 264a uy, Samarqand kasb-hunarga o ‘qitish markazi

Hujjatlarni onlayn topshirish

Ilova qiling