• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Muhim yangiliklar

Koreya innovatsion kompaniyalari bilan biznes-uchrashuvga taklif etamiz!

2024-yil 31-oktyabr kuni soat 10:30 da Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan Koreya Respublikasining innovatsion kompaniyalari va O‘zbekiston ishbilarmon doiralari o‘rtasida biznes uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

 

Tadbirdan maqsad - ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish va iqtisodiyotning turli tarmoqlariga innovatsion yechimlarni joriy etish.

Tadbirda quyidagi biznes takliflari yo‘nalishlari muhokama etiladi:

- tibbiyot muassasalari uchun kompyuter tomografiyasini ishlab chiqish va unga xizmat ko‘rsatish;

- shahar va sanoat hududida yoritishni boshqarish tizimlari;

- transport vositalarini boshqarish bo‘yicha aqlli platforma;

-elektrotexnika va maishiy maqsadlar uchun innovatsion plyonkalar;

- sanoat korxonalari uchun 3D dizayn va robototexnika;

-elektrotexnika sohasi uchun yarimo‘tkazgichlar uchun uskunalarni ishlab chiqish;

-innovatsion ishlanmalarga ega bo‘lgan kosmetika va kosmetologiya tovarlari.

Uchrashuvda ishtirok etish bepul. Tadbirda o‘zbek-koreys tarjimoni ishtirok etadi. Joylar soni cheklangan.

Tadbirda ishtirok etish uchun 2024-yil 25-oktyabr sanasigacha ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Ro‘yxatdan o‘tish

Koreya kompaniyalari to‘g‘risida ma’lumot

 

Sana: 2024-yil 31-oktyabr

Vaqti: 10:30-13:00

Telefon: +998 71 239 03 27

Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi 25A

Hujjatlarni onlayn topshirish

Ilova qiling