• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Ilmiy-tadqiqot moliya institutiga tashrif

Joriy yilning 17-oktabr kuni Oliy maktab direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.Sharaxmetov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasining Moliya vazirligi Ilmiy-tadqiqot moliya institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Ilmiy-tadqiqot moliya instituti direktori V.Nazarov va institut ilmiy xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini, shu jumladan, budjet-moliya siyosati, soliq ma’muriyatchiligi va tadbirkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish  bo‘yicha muhokamalar olib bordilar.   

V.Nazarov Ilmiy-tadqiqot moliya instituti qoshida ilmiy kengash ochilgani haqida ta’kidlab, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun ikki tomonlama ilmiy rahbarlikni tashkil etish orqali ilmiy kadrlar tayyorlashda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatiga to‘xtalib o‘tdi.

Muhokamalar davomida mutaxassislar Oliy maktab va Ilmiy-tadqiqot moliya instituti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida ham o‘z fikrlarini bildirdilar. 

Shuningdek, tomonlar Ilmiy-tadqiqot moliya instituti delegatsiyasining joriy yilning noyabr oyida O‘zbekistonga rejalashtirilgan tashrifining tashkiliy masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish, soliq ma’muriyatchiligi sohasidagi ilg‘or tajribalar, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy savodxonlikni oshirish va boshqa masalalar yuzasidan muntazam ravishda ikki tomonlama maslahatlashuvlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.