O’quv kursining maqsadi kriptovalyuta va “blockchain” texnologiyalarini yaratish va ularning faoliyati to’g’risida kerakli amaliy va nazariy savollar bo’yicha zarur bilimlarni egallash va malaka oshirish.
O’quv kursining vazifasi – kriptovalyuta sohasida kerakli nazariy bilimlarni va ko’nikmalarni egallash, “blockchain” texnologiyasini va kriptovalyutalar rivojlanish darajasini tahlil qilish va ularni ishlatishdagi ilg’or sohalarni aniqlash qobiliyati, iqtisodiy faoliyatda “smart-contract”ni ishlatish imkoniyatini baholashni o’rganish.
O’quv kursining dasturi quyidagi mavzularni o’z ichiga oladi:
- “Blockchain” texnologiyasiga kirish;
- Kriptografiyaning asosi, Hesh – funksiya;
- Hesh – funksiya asosidagi tizim
- Raqamli imzo, Kriptovalyutaning yaratilish jarayoni;
Kriptovalyutani ishlatish
- Kriptovalyutani saqlash va ishlatish
- Issiq va sovuq saqlagichlar. Multi imzo
- Kriptovalyutani ishlatishdagi tashqi xizmatlar
- Kriptovalyuta orqali to’lovlar
- Kriptovalyuta birjasi (bozori)
“Blockchain” texnologiyasining xususiyatari
- Markazlashmagan va Markazlashgan
- Tarqatilgan konsensus
- Bitkoin konsensusi
- Kriptovalyuta mayningi (qazib olish), Mayning (qazib olish) iqtisodiyoti
Xavfsizlik
- “Blockchain” da xavfsizlik
- “Blockchain” tarmoqlaridagi hujumlar
- Konsensusga hujum, tranzaksiyaning tuzilishi. Skriptlar
Ethereum
- Ethereum platformasiga kirish. Platformani yaratilish tarixi.
- Bitkoin “Blockchain” va Ethereum ning o'zaro solishtiruvi
- ETN va Gas tushunchalari. Ethereum tranzaksiyasi tushunchasi.
- Shartnomaning hayotiylik sikli
Ethereum “Blockchain” dasturi
- Oddiy shartnomalar misoli
- “Blockchain” da Kraudfaunding
- Markazlashmagan Ethereum platformasi
- Ilova yaratish uchun infrastruktura
- Tarmoqni o’lchash/tarqatish muammosi va imkoniyatlari
“Blockchain” ning qo’llanilishi
- “Blockchain” ning turli xil iqtisodiy tarmoqlarda qo'llanilishi
- Ularning loyihalarini va tarixini o’rganish
O’quv kursining yakunida tinglovchilar quyidagi sohaviy bilimlarga ega bo’ladilar:
- “Blockchain” ning ishlash tamoyillari;
- “Blockchain” da arxitektura yechimi, o’zaro ta’sir modeli, odatiy arxitektura bilan farqi
- “Blockchain” asosida yotgan kriptografikali algoritm
- Konsensus algoritmi
- “Blockchain” tarmoqlarining turlari
- “Blockchain” platformalarining sharxi, ularning afzallik va kamchiliklari
- “Blockchain” texnologiyalarining turli sohalarga bo'lgan ta’siri
- Kriptovalyuta va ICO, “Blockchain” ning keysi sifatida
- “Blockchain” texnologiyalarining maqsadli ishlatish mezonlari
- Texnologiyani boshqarish, standartlashtirish va ishlatish
- “Blockchain” da ma’lumot xavfsizligi
- Texnologiyaning yanada rivojlanishidagi ustuvor yo'nalishlar
Maqsadli auditoriya:
O’quv kursining maqsadli auditoriyasiga biznes jarayonlarida “Blockchain” texnologiyalarini qo'llash va avtomatlashtirishga qiziqqan, IT va biznes sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassis va rahbar kadrlardir.
O’quv shakli: kunduzgi, kunduzgi ishdan ajralgan holda, yoki masofaviy o’quv platformalaridan foydalangan holda.
O’quv yuklamasi:
O’quv yuklamasining hajmi: 20 auditoriyaviy o’quv soati
Muddati: 5 kun
Davomiyligi: har kuni (kuniga 3 soatdan)
Yakuniy nazorat: test
Kurs yakunida davlat namunasidagi sertifikat topshiriladi
O’qish shartlari:
O’quv tili: rus tili, o’zbek tili
Tinglovchilar soni: 25-30 ta