• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

“Biznesda mahorat darslari” loyihasida O‘zbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga bag‘ishlangan navbatdagi mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 6-aprel kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Biznesda mahorat darslari” loyihasi ostida biznes olamidagi yetakchi kompaniyalar asoschilari va top menejerlari, mashhur tadbirkorlar hamda iqtisodiyotimizni rivojlanishiga salmoqli hissasini qo‘shayotgan biznes namoyandalari bilan o‘tkaziladigan turkum uchrashuvlar doirasida Oliy maktab professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari uchun navbatdagi mehmon ma’ruzasi tashkil etildi.

Uchrashuv O‘zbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga katta hissa qo‘shayotgan, mamlakatimiz iqtisodiy farovonligi va ijtimoiy taraqqiyotining yuksalishi uchun astoydil bel bog‘lagan va sohada yetakchi bo‘lgan “Tadbirkor ayol” Xalqaro ishbilarmon ayollar uyushmasi rahbariyati bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

“Tadbirkor ayol” Xalqaro ishbilarmon ayollar uyushmasi raisi Gulnora Mahmudova ma’ruzachi sifatida ushbu tadbirda “O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligi harakati. Bugungi holat va kelajakdagi rejalari” mavzusida ma’ruza qildi.

Tadbir davomida mamlakatimizda ayollar tadbirkorligining jamiyatimiz rivojlanishidagi o‘rni, Xotin-qizlarning tadbirkorligini rivojlantirishda erishilgan yutuqlar va yaratib berilgan imkoniyatlar, ayollar tadbirkorligini faollashtirishda olib borilayotgan chora-tadbirlar hamda ularning ishtiroki haqida so‘z bordi.

Shuningdek, mahorat darsi davomida ayollar tomonidan o‘z bizneslarini tashkil etishdagi o‘ziga xos ustun va muvaffaqiyatli jihatlari, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashda “Tadbirkor ayol” Assotsiatsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, shu bilan birga, ular tomondan olib borilgan xalqaro va milliy loyihalarga to‘xtab o‘tildi.

 
Tadbir yakunlari bo‘yicha qatnashchilar mutaxassislar bilan savol-javoblar sessiyasida tadbirkor ayollarning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish masalalari hamda ayollarning huquqiy-iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishda ishbilarmon doiralar va biznes hamjamiyatining o‘rni masalalari bo‘yicha qizg‘in muhokama o‘tkazdilar. 
 
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi