• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida bitiruvchilarga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 13-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga magistratura diplomlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirni avvalida Direktorning birinchi o‘rinbosari Shaxrux Sharaxmetov ochib berdi va Oliy maktab rahbariyati va professor-o‘qituvchilar jamoasi nomidan bitiruvchilarni yangi marralar tomon qadam qo‘yayotgani bilan samimiy qutlab, ularning kelgusi faoliyatlariga kasbiy yuksalish va muvaffaqiyat tiladi. 

Tadbir davomida Loyiha boshqaruvi (Project Management) hamda Kapital bozori va birja ishi mutaxassisliklari bo‘yicha 162 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirildi.

Diplom olish har bir bitiruvchi uchun eng muhim, ahamiyatli va hayajonli voqealardan biri hisoblanadi. Davletmurod Qarshiev va Umid Botirov Oliy maktab professor-o‘qituvchilari va rahbariyatiga o‘quv jarayonini yuqori darajada tashkil etilgani hamda berilgan bilim va ko‘nikmalar uchun chuqur minnatdorchilik bildirdilar.

Shaxrux Sharaxmetov Oliy maktabda magistrlik dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan barcha bitiruvchilar iqtisodiyot tarmoqlari rivojiga, mamlakatimizning barcha hududlarida tadbirkorlik sohasining yanada yuksalishi va ravnaq topishiga faol hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining asosiy maqsadlaridan biri IT-biznes, loyiha boshqaruvi hamda biznesni boshqarish (MBA) sohalarida zamonaviy yetuk mutaxassislarni tayyorlash tizimini xalqaro standartlarga muvofiq tubdan takomillashtirish, shuningdek, ularning kasbiy darajasini oshirishga qaratilgan.

Bitiruvchilarimizni chin yurakdan muborakbod etamiz va barchaga kasbiy faoliyatida, shuningdek shaxsiy hayotida yangi yutuqlar tilaymiz!

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi