O‘zbekistonning qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash sohasidagi siyosati
2024-yil 23\24-oktabr kunlari Bishkekda (Qirg'iziston) "Yashil iqtisodiyot – 2024" mintaqaviy forumi va Bishkek investitsiya forumi – 2024 bo‘lib o'tdi, unda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining "Yashil iqtisodiyotni targ‘ib qilish va joriy etish" loyiha idorasi mutaxassisi Kostyuchenko Anton "O‘zbekistonning qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash sohasidagi siyosati" mavzusida ma'ruza qildi.
Forumlarning maqsadi yashil iqtisodiyotni rivojlantirish va qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqish uchun davlat organlari va Markaziy Osiyo mamlakatlari biznesi o‘rtasida sheriklik o‘rnatish edi. Kostyuchenko o‘z ma'ruzasida 2019-yilda qabul qilingan 2028-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonning qattiq maishiy chiqindilariga qarshi kurashish strategiyasiga e’tibor qaratdi.
Ma'ruzada strategiyaning asosiy jihatlari qamrab olindi, jumladan:
- O‘zbekiston chiqindilarni utilizatsiya qilish uchun javobgarlikni oshirish uchun yangi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqilishi va sanitariya tozalash xizmatlari tariflarini optimallashtirish mexanizmlarini joriy etilishi.
- Chiqindilarni alohida yig‘ish uchun konteynerlar yaratish va chiqindilarni qayta ishlash zavodlarini qurish rejalashtirilishi, bu esa qayta ishlash va utilizatsiya qilishni yaxshilanishi.
- 2028-yilga kelib qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlashning 60 foiziga erishish, shuningdek chiqindilarni utilizatsiya qilishni 60 foizga kamaytirish.
- Ekologik ta'limga urg‘u berish va aholini chiqindilarni alohida yig‘ish va qayta ishlashning ahamiyati to‘g‘risida edi.
Kostyuchenko chiqindilarni boshqarish va aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha yangi agentlikni tashkil etish chiqindilarni boshqarish samaradorligini oshirish va mamlakatdagi ekologik vaziyatni yaxshilash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishini ta'kidlab o'tdi.