• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Ispaniyaning qishloq xo‘jaligi yerlariga ilg‘or sug‘orish va o‘g‘itlash tizimlarini joriy etish sohasidagi yetakchi kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2024-yil 11-mart kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun sug‘orish va o‘g‘itlashda innovatsion texnologiyalarini joriy etishda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha Ispaniyaning yetakchi “RITEC” kompaniyasi rahbari Sebastyan Rabal bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 “RITEC” kompaniyasi qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va o‘g‘itlashda innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha yetakchilardan hisoblanadi. Ispaniya kompaniyasi tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun taklif etilayotgan suv va resurslarni tejaydigan sifatli texnologiyalar birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi korxonalarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

 Mazkur kompaniya qishloq xo‘jaligi tizimida innovatsion yechimlarni taqdim etishda yetakchilardan hisoblanadi.

Jumladan, “NUTRITEC” innovatsion texnologiyasi suv resurslarini samarali boshqarish, mineral o‘g‘itlardan oqilona foydalanish, xarajatlarni tejash va ekinlar hosildorligini oshirish imkonini beradi.   

Shuningdek, kompaniya tomonidan “CLINVERTEC PRO” yangi texnologiyasi ham ishlab chiqilgan bo‘lib, u orqali ekinlarni yetishtirish uchun iqlim elementlarini (harorat, quyosh nuri, namlik va boshqalar) avtomatik nazorat qilish mumkin.

 “HUFITEC” texnologiyasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan yuqori hosil olish va o‘simliklarni sifatli unishi uchun fitosanitar choralarni ko‘rish hamda namlik miqdorini samarali boshqarish imkoniyatini taqdim etadi.

Uchrashuvda tomonlar qishloq xo‘jaligida innovatsiyalar, suv tejovchi va ekinlardan yuqori hosil olishda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik imkoniyatlari va Oliy maktabning “Agrobiznes MBA” yo‘nalishidagi tinglovchilari uchun innovatsion texnologiyalar asosida qishloq xo‘jaligi korxonalarini boshqarish bo‘yicha “RITEC” kompaniyasi vakillari tomonidan mahorat darslarini tashkil etish masalalarini ham muhokama qildilar.