• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

O‘zbekistonda islom moliyasi: taraqqiyot, istiqbol va imkoniyatlar

2024-yil 26-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida professor-o`qituvchilar hamda tinglovchilar uchun “O‘zbekistonda islom moliyasi: taraqqiyot, istiqbol va imkoniyatlar” mavzusiga bag‘ishlangan mahorat darsi tashkil qilindi.

Mahorat darsida “Mezon Kengashi” Islom moliya konsalting kompaniyasi direktori, O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi o‘qituvchisi, Sertifikatlangan shariat maslahatchisi va auditori (CSAA), AAOIFI (Manama, Bahrayn) - Muzaffar Xusniddinov ma’ruza qildi va Islomiy moliya mavzusiga oid taqdimotini taqdim etdi hamda o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Islomiy moliya sektori dunyodagi eng tez rivojlanayotgan sektorlardan biri bo‘lib, 50 ga yaqin mamlakatlarda qo‘llaniladi. Islom moliya institutlarining umumiy aktivlari 2,5 trillion dollardan oshadi, bu esa ushbu moliyalashtirish butun dunyoda keng qo‘llanilayotganidan dalolat beradi.

Islom moliyasi asosan Janubiy, Janubi-Sharqiy va Markaziy Osiyo, shuningdek Afrika kabi musulmon aholisi ko‘pchilik bo‘lgan hududlarda katta ehtiyojga ega. Bundan tashqari, Islom moliya muassasalari Yevropa, AQSh va Avstraliyada muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Aholining 85 foizdan ortig‘ini musulmonlarni tashkil etuvchi O‘zbekistonda islomiy moliyaga katta qiziqish mavjud.

Ma’lumot uchun: Islom moliyasi — bu pul mablag‘laridan foydalanish va taqsimlash jarayonida Islom huquqi qoidalariga mos keluvchi iqtisodiy munosabatlarni o‘z ichiga oladigan Islom ekotizimining bir qismidir. Masalan, Islom dinida qarz berish yoki olish evaziga foyda ko‘rish taqiqlangan, barcha moliyaviy jarayonlar esa haqiqiy iqtisodiy faoliyatga asoslangan bo‘lishi kerak. Odamga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan sohalarni moliyalashtirishga ruxsat berilmaydi — masalan, qimor o‘yinlari, alkogol, tamaki mahsulotlari va boshqalar.

O‘zbekistonda moliya sektorining jadal rivojlanishi kuzatilmoqda, bu investorlar va mamlakat aholisi uchun yangi istiqbollarni ochmoqda. Analytical paper “Landscaping Analysis of Islamic Finance Instruments in Uzbekistan” maqolasining tahlillarga ko‘ra korxonalar va aholi o‘rtasida Islom moliyaviy mahsulotlari va xizmatlariga qiziqish ortib bormoqda, tadbirkorlik subyektlarining 60% dan ortig‘i va aholining 75% O‘zbekistonda islom moliya muassasalari ish boshlasa yoki islom moliya xizmatlari taklif etilsa, ulardan foydalanishga tayyor ekanliklarini bildirishgan.

Islom moliyasi nafaqat muqobil sarmoya imkoniyatlarini taqdim etadi, balki mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shadi, xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlaydi. O‘zbekistonning jahon islom moliya hamjamiyatidagi ishtiroki hamkorlik va sarmoyalar uchun yangi ufqlarni ochadi, kapital oqimini oshiradi va iqtisodiy o‘sishni yanada oshirishga xizmat qiladi.

Tadbir so‘nggida interaktiv savol-javob sessiyasi bo‘lib o‘tdi va mahorat darsi ishtirokchilari Islom moliyasi bo‘yicha mutaxassisga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi hamda qoniqarli javoblarni olishdi..