• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Oliy maktab Xandong Global Universiteti delegatsiyasini kutib oldi

2019 yilning 1-2 iyul kunlari Biznes va bohsqaruv respublika oliy maktabi professor Jinvon An boshchiligidagi Xandong Global Universiteti (Janubiy Koreya) delegatsiyasini kutib oldi.

Tashrifdan asosiy maqsad, oliy o’quv yurtlari o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ta'lim sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirish va ilgari imzolangan memorandumni uzaytirish masalalarini o’z ichiga oldi.

Yuqoridagi universitet bilan hamkorlik 2015 yildan boshlab UNESCO / UNITWIN dasturi doirasida, tegishli shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

Hamkorlikning o'tgan davri mobaynida bir qator qo'shma xalqaro konferentsiyalar va seminarlar o'tkazilib, Koreya Respublikasiga tinglovchilar uchun stajirovkalar tashkil etildi.

Shuningdek, tashrif davomida Oliy maktabning professor-o'qituvchilari va tinglovchilari uchun "Tadbirkor ayollarning intellektual texnologiyalardan foydalanishining zamonaviy tendentsiyalari va ilg'or tajribalari" va "Koreys ta'limini globallashtirish" mavzularida seminarlar bo'lib o'tdi.