• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabida SES tashkiloti mutaxassisi, Aalen universiteti professori Janob Ulrix Holtsbaurning loyihalarni boshqarish bo‘yicha ma’ruzalari yakunlandi

Joriy yilning 17-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida Aalen universiteti professori, Yevropaning SES tashkiloti (Senior Expert Service) mutaxassisi Janob Ulrix Holtsbaurning loyihalarni boshqarish bo‘yicha o‘quv kurslari yakunlandi.

Uch hafta davomida professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun malaka oshirish kurslarida murakkab loyihalarni rejalashtirish va boshqarish, kabi dolzarb mavzularda ma’ruzalar, loyihalarni boshqarishni oqitish usullari va vositalariga e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, an’anaviy boshqaruv jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari va zamonaviy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Tashkil etilgan kurslar davomida Oliy maktab mutaxassislari loyihalarini boshqarish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar hamda loyiha boshqaruvidan foydalangan holda resurslarni taqsimlash va yo‘naltirish bo‘yicha bilimlarini oshirishga muvaffaq bo‘ldilar.

Germaniyadan tashrif buyurgan professor tomonidan olib borilgan seminarlarda ishtirokchilar loyihalarni boshqarishning zamonaviy usullari, ushbu sohada duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar hamda ularning yechimlari, shuningdek, rivojlangan mamlakatlar tajribasi haqida chuqur bilimlarga ega bo‘ldilar.

Loyiha boshqaruvi bo‘yicha o‘quv kurslarini muvafaqqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga Oliy maktab ma’muriyati va SES mutaxassisi tomonidan sertifikatlar taqdim etildi, ushbu kursni tamomlagan bitiruvchilar chuqur bilim va kerakli ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.