“Senior Experten Service” GmbH (SES) eksperti, Germaniyalik professorning Oliy maktabdagi tashrifi yakuniga yetdi
Germaniyaning Senior Experten Service (SES) GmbH eksperti, professor M. Bekenkamp tomonidan, 4-23-oktyabr kunlari Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida kurslar va mahorat darslari o‘tkazdi.
Tashrif davomida professor M. Bekenkamp, Kyoln amaliy fanlar universitetidan kelib, o‘qituvchilar va tinglovchilarga zamonaviy ta’lim metodikalarini joriy etish bo‘yicha ma’ruzalar, seminarlar va mahorat darslari o‘tkazdi.
Mashg‘ulotlarda professor muhim ekologik amaliyotlar, biznesning iqtisodiyotga ta’siri hamda "yashil" iqtisodiyot va barqaror rivojlanishning asosiy jihatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Tinglovchilar ushbu sohalarda ilg‘or bilimlarga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, professor M. Bekenkamp Samarqand davlat universitetida “Business Management and Business Psychology” mavzusida mahorat darslari o‘tkazdi, unda innovatsion ta’lim usullarini va dasturlarini joriy etish bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Ma’lumot uchun: Senior Experten Service (SES) 1983-yilda tashkil etilgan Germaniyaning eng yirik notijorat tashkiloti bo‘lib, texnologiya, menejment va ta’lim sohalarida kasbiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydi. SES 92 dan ortiq mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi, jumladan O‘zbekiston bilan, shu bilan birga 2019-yildan buyon Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bilan muvaffaqiyatli hamkorlik olib bormoqda.
Professor M. Bekenkampning tashrifi davomida amalga oshirilgan amaliy tajriba almashinuvi ta’lim dasturlarini yanada takomillashtirish va universitetlararo hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam asos bo‘ladi.