• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

“Yoshlar buyuk kelajak” shiori ostidagi tadbir bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 19-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Yoshlar buyuk kelajak” shiori ostidagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi 2017-yil 25-avgustdagi Qonuniga muvofiq mamlakatimizda 30-iyun – “Yoshlar kuni” etib belgilangan.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida Oliy maktabning 30-yoshgacha bo‘lgan xodimlari uchun ushbu tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlar doktori Feruza Muhitdinova “Faol va tashabbuskor yoshlar - yurt kelajagi” mavzusi bo‘yicha nutq so‘zladi.

Tadbir yakunida, Biznes va tadbirkorlik oliy maktab professorlari tomonidan yoshlar uchun ma'ruza tashkil etildi va sovg‘a tariqasida yoshlarga kitoblar taqdim qilindi.