• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Osiyo taraqqiyot banki bilan biznesni rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli rejalar muhokama qilindi

Joriy yilning 4-mart kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida Osiyo taraqqiyot bankining bosh yuridik maslahatchisi Kristina Pak xonim boshchiligida OTB vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Oliy maktab O‘zbekistonda tadbirkorlik va barqaror biznesni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda faol ishtirok etmoqda. Ushbu uchrashuv biznesni rivojlantirish va innovatsiyalar bo‘yicha hamkorlikda ishlash uchun yangi istiqbollarni ochib bergan muhim qadam bo‘ldi.

Muhokamaning asosiy mavzulari biznes ko‘nikmalarini rivojlantirish va ushbu sohada tadbirkorlar salohiyatni oshirish uchun imkoniyatlarni kengaytirishga qaratildi. Shuningdek, ushbu dastur doirasida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va o‘qitishni takomillashtirish usullari ko‘rib chiqildi.  

Bundan tashqari, OTB tomonidan Oliy maktab xodimlari ishlab chiqqan O‘zbekistonning xususiy va davlat tashkilotlarining noyob ehtiyojlariga moslashtirilgan ESG hisobot tizimiga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, tadbir ishtirokchilari kompaniyalarning ESG hisobotining ahamiyati haqida xabardorligini oshirish va ushbu amaliyotlarni samarali amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish uchun mo‘ljallangan o‘quv dasturlarni ishlab chiqish hamda uni rivojlantirishni muhokama qildilar.

Mintaqada yashil iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida kichik va o‘rta korxonalar, shuningdek, boshqa shaxslarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha treninglar, vebinarlar va mahorat darslari o‘tkazish rejalari taqdim etildi.

Shu bilan bir qatorda, uchrashuv ishtirokchilari barqaror rivojlanish bo‘yicha hisobotlarni ishlab chiqishda uslubiy yordam ko‘rsatish rejasini muhokama qildilar. Muhokama davomida tadbirkorlik faoliyatining barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan, biznesni shaffofligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

Tadbirkorlar uchun qisqa muddatli kurslarni yo‘lga qo‘yishga qaror qilindi. Ushbu kurslar biznesni zamonaviy xalqaro standartlarga, shuningdek, barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq muvaffaqiyatli yuritish uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikma va bilimlarni shakllantirishga qaratiladi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra tomonlar hamkorlikning keyingi bosqichlari, jumladan, mintaqada barqaror biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shimcha tadbirlarni tashkil etishga kelishib oldilar.