Hududlarda startap-mentorlarni tayyorlash faol rivojlanmoqda
2024-yil 28-oktyabr kuni Samarqandda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ko‘magida startap-mentorlarni tayyorlash bo‘yicha 5 kunlik seminar-trening boshlandi.
Treningda biznes, oliy ta’lim muassasalari, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, shuningdek, respublika hududlarida startaplarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlovchi davlat muassasalarining 25 nafar vakillari ishtirok etmoqda.
Dastur amaliy tajriba olish imkonini beruvchi interfaol mahorat darslari va guruh muhokamalarini o‘z ichiga oladi.
Seminar-trening hududda tadbirkorlik va innovatsiyalarni rivojlantirishga hissa qo‘shadigan startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun samarali ekotizim yaratishga qaratilgan.