• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

LOYIHA VA LOYIHA PORTFELINI BOSHQARISH AMALIYOTI ITALIYA TAJRIBASIDA

Bugungi kunda loyiha boshqaruvi yangi va innovatsion yo’nalish bo'lib, uning rivojlanishi uchun hukumat katta e’tibor qaratmoqda. Loyihalarni professional darajada boshqarish, birinchi navbatda, vaqt, moliya, maxsulot etkazib beruvchilar, aloqa va boshqalar bilan bog'liq masalalarni o'z ichiga qamrab olgan texnologiyadir.

Loyiha boshqaruvi sohasidagi raxbar kadrlari malakasini oshirish dasturi doirasida joriy yilning 21-27 noyabr kunlari Milan shahrida (Italiya) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (keyingi o'rinlarda – Oliy maktab) va Milan texnika universiteti qoshidagi oliy biznes maktabi (MIP) tomonidan tashkil etilgan «Loyihalar va loyihalar portfelini boshqarish amaliyoti: Italiya biznes yuritish tajribasi» mavzusidagi birinchi maxsus bir haftalik kurs yakuniga yetdi.

Birinchi sinov kursi loyiha boshqaruvi asoslarini, yangi biznes vositalarini o'rganish va xalqaro tajriba asosida ishtirokchilarning professional darajasini oshirish maqsadida tashkil etilgan bo'lib, unda mamlakatimiz iqtisodiyotining turli sohalaridan 30 dan ortiq oliy darajadagi rahbar kadrlar ishtirok etdi.

Interaktiv ta'lim formati amaliy mashg’ulotlarni, nostandart biznes muammolarini hal qilish usullarini, loyihani boshqarish bo'yicha mutaxassislarning noyob tajribasini va yana ko'p narsalarni o'z ichiga oldi.

Kurs yakuni bo’yicha, ishtirokchilar quyidagilarni bilib oldilar:

- Kengaytirilgan rejalashtirish va nazoratni ishlab chiqish;

- Italiya xususiy va davlat sektori tajribasida loyihalar/dasturlar portfelini boshqarish amaliyotini tahlil qilish;

- Guruhlar tomonidan amalga oshirilgan muzokaralar strategiyasini, jarayonlarni va bajarilgan ishlarni to'g'ri taqsimlash;

- Uchrashuvlarni professional boshqarish va samarali muloqot qilish sirlari;

- Murakkab va yirik loyihalar bilan ishlash;

- Loyiha bo’yicha rahbarning malakasi va ko’nikmalarini oshirish;

- Real holatlar asosida risklarni boshqarish, muammolarini bartaraf qilish.

Dastur doirasida ishtirokchilar Milan va Kastellantsa shahrlarida joylashgan Maire Tecnimont va TENOVA kabi yirik kompaniyalarga tashrif buyurishdi.

Yuqorida nomi zikr qilingan tashkilotlar, tog ' - kon sanoati, metallurgiya, dizayn va qurilish, texnologiya litsenziyalash, energetika va neft va gaz sanoati yo’nalishlarida Italiyaning etakchi korporatsiyalaridan biri sanaladi. Tashrif davomida ishtirokchilar kompaniya faoliyati bilan tanishdilar, loyihalar/dasturlar portfelini boshqarish jarayonlarini o'rgandilar, shuningdek, qo'shimcha ravishda Italiyaning yetakchi xususiy kompaniyalari top-menejerlari ishtirokida tadbir tashkil etildi.

Kursning yakuniy kunida, sertifikatlar topshirilishining rasmiy marosimi bo'lib o'tdi