Otakuziyeva Zuxra Maratdayevnaning iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertasiya ishi himoyasi
Otakuziyeva Zuxra Maratdayevnaning “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida korxonalar faoliyatining barqarorligini ta’minlash yo‘llari” mavzusidagi 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishining himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.19/04.07.2023.I.88.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil «19» iyul soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tdi. Himoya jarayonida dissertant ilmiy kengash a’zolarining barcha savollariga to‘la ravishda javob berib, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun munosib ekanligini namoyon qildi. Ilmiy kengash Otakuziyeva Zuxra Maratdayevnaga iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini tasdiqlab berish uchun oliy attestatsiya komissiyasiga o‘z tavsiyasini berdi.