• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

“Olimа – ayol jamiyat tayanchi” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

31-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi va Toshkent moliya instituti, moliya fakulteti bilan hamkorlikda, “11-fevral Xalqaro Ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Olima bo‘lsang – olam seniki” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Olima ayollar haftaligi” doirasida “Olimа – ayol jamiyat tayanchi” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy Maktabi professori Dilfuza Rasulova ishtirok etdi va o‘z maruzasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi farmoni ushbu tuzilma ishini takomillashtirish, ayollarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, mahallalarda ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, sog‘lom oilalarni shakllantirishda muhim omil bo‘layotganligini alohida qayd etdi.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning manfaat, huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash, salomatligini mustahkamlash, qobiliyat va intilishlarini ro‘yobga chiqarish, muammolarini hal etish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar yuksak samaralar berayotganligini ta’kidladi.  Dilfuza Valiyevna ayollar va qizlarning ilm-fan bilan shug‘ullanishi uchun teng imkoniyatlar yaratish masalasi doimiy e’tiborda ekanini ta’kidladi. Mazkur ezgu maqsadlar yo‘lida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan “Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar to‘g‘risida”gi rezolyutsiyasida 11 fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni deb e’lon qilingan.  

Respublikamizda “Oila va xotin-qizlar” ilmiy tadqiqot markazi tomonidan ayol-qizlarni fan sohasiga kengroq jalb etish, olima ayollar safini kengaytirish, ular faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Dolzarb mavzudagi risolalar, qo‘llanmalar, monografiyalar yaratilmoqda.  

Jumladan, “Oqila ayollar – farovon oila tayanchi” uslubiy qo‘llanmasi Prezidentimizning oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida ilgari surgan g‘oyalariga muvofiq “Oqila ayollar” harakatining bugungi kundagi dolzarb vazifalari, oilaviy munosabatlar, farzandlarning burchi va mas’uliyati, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ayol-qizlarning manfaatlarini ta’minlash, bandlik, gender masalalari bilan birga zo‘ravonlik, oiladagi ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish masalalarini keng aks ettirgan.